logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:30
KirishA'zo bo'lish
EChL. Qasos guruhi!
 17 Oktyabr, 18:07  392

Stadion.uz Evropa Chempionlar Ligasidagi qiziqarli guruhlar bilan tanishtirishda davom etadi. Bugun e'tiboringizni «H» guruhidagi jamoalarga qaratamiz.

«H» guruhi: PSJ, «Manchester Yunayted», «RB Leyptsig», «Istanbul Bashekshaxer»

PSJ (UEFA reytingidagi 7-o'rin)

Murabbiy: Tomas Tuxel

Yozdagi yo'qotishlari: Jamoa yozda bir nechta futbolchi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Avvaliga Kavani, Keyin Silva va yakunda Toma Mene. Shuningdek, zaxiradagi joker Chupo-Mouting ham javob berib yuborildi.

Kimlar safga qo'shildi: Jamoa sinovdan o'tgan Riko va Ikardining transfer huquqini to'liq sotib oldi. Shuningdek, raqib hujumlarini barbod qilishi bilan dong taratgan Danilu safga qo'shib olindi. Shuningdek, Moyze Kin, Rafina va Florensilar bilan shartnoma imzolandi.

EChLdagi eng yaxshi natija: Final 2019/20

Jamoa etakchilari:  Keylor Navas, Markinos, Di Mariya, Neymar, Mbappe.
Kuchsiz tomonlari: Tyago Silva «Chelsi»ga ketgach, endi himoyadagi etakchilik Markinosning zimmasiga yuklatiladi. Afsuski, braziliyalik himoyachida etakchilik borasida tajriba juda oz. Aynan shu omil Parij klubiga muhim bahslarda pand berib qo'yishi mumkin.

Kuchli tomonlari: Tomas Tuxel yulduz futbolchilardan yulduz jamoani yaratishda davom etmoqda.Natija chakki emas. Klub o'tgan mavsumda musobaqa finaliga qadar etib keldi va oldinga bir qadam tashladi. «Bavariya»dan uchralgan mag'lubiyatga qaramay, jamoa to'g'ri yo'ldan ketmoqda.

Optimal tarkib: (4-3-3): Navas — Florensi, Markinos, Kimpembe, Bernat — Gee, Verratti, Di Mariya — Neymar, Mbappe, Ikardi.

«Manchester Yunayted» (UEFA reytingida 8-o'rin)

Murabbiy: Ole Gunnar Sulsher

Yozdagi yo'qotishlari: «Qizil iblislar»ni yozda tark etganlar hech qanday muammo tug'dirmasligi aniq. Murabbiy rejasiga kiritilmagan Smolling va Aleksislar nihoyat klubni rasman tark etishdi. Qolgan hamma o'z joyida.

Kimlar safga qo'shildi: Chap qanot himoyasini kuchaytirish maqsadida Aleks Tellas, markazdagi bo'shliqni to'ldirish uchun Doni Van De Bek xarid qilindi. Transfer oynasining so'nggi kunida esa Edinson Kavani transferi e'lon qilindi. Ushbu transfer kompaniyasini muvaffaqiyatli o'tdi desak, adashmagan bo'lamiz.

EChLdagi eng yaxshi natijalar: Uch karra chempionlik 1967/68, 1998/99 va 2007/08

Jamoa etakchilari: Bruno Fernandesh, Markus Reshford, Pogba, De Xea

Kuchsiz tomonlari: APL startida jamoa «Kristal Pelas» va «Tottenhem»dan o'z uyida alamli mag'lubiyatlarni qabul qilib oldi. Aynan shu uchrashuvlarda jamoaning muammolari yaqqol ko'zga tashlandi. Himoyadagi no'noq o'yin va liderlarning formada emasligi yakunda pand berib qo'yishi mumkin. Afsuski, Sulsher sehrgar emasligi oydinlashib bormoqda. Shunday ekan, bu muammolar bilan musobaqada «mo''jiza» ko'rsatish juda mushkul.

Kuchli tomonlari: «Qizil iblislar» nomlar borasida guruhdagi barcha raqibdan ustunroq. Bu erda Pogba, De Xea, Marsial, Reshford, Grinvud, Maguaer, Fernandesh va boshqa super yulduz maqomidagi futbolchilar mavjud. Ularning o'yini o'xshab qolsa, istalgan raqibga mushkul bo'lishi turgan gap.

Optimal tarkib: (4-2-3-1): De Xea — Van-Bissaka, Lindelef, Maguayr, Telles — Matich, Pogba — Reshford, Brunu Fernandesh, van de Bek (Grinvud) — Marsyal.

«RB Leyptsig» (UEFA reytingida 23-o'rin)

Murabbiy: Yulian Nagelsman

Yozdagi yo'qotishlari: Timo Verner «Chelsi»ga ravona bo'ldi. Shuningdek, «Roma»dan ijaraga olingan Patrik Shik ham ortga qaytib ketdi.

Kimlar safga qo'shildi: Jamoa yozda klubni tark etgan futbolchilar o'rnini ajoyib tarzda to'ldirdi. «Kristal Pelas»dan Turkiyada shov-shuv ko'targan Aleksander Serlotning transferi sotib olindi. Shuningdek, koreyalik Xvan Xi Chxan va Jastin Klyuverlar «buqalar» tarkibi to'ldirdi.

EChL tarixidagi eng yaxshi natija: yarim final 2019/20

Jamoa etakchilari: Gulachi, Upamekano, Zabitser, Poulsen.

Kuchsiz tomonlari: O'tgan mavsumdagi ajoyib natija sababli, endi muxlislar «buqalardan» yanada yaxshi o'yin talab qilishadi. Bu qo'shimcha bosim degani. Bundan tashqari, o'tgan mavsumda klub uchun 44 ta gol kiritgan Verner va Shiklarning o'rnini Xvan va Aleksander qanday to'ldirishi noma'lum.

Kuchli tomonlari: Birinchi navbatda Nagelsmanning kuchli sistemasi! E'tiborlisi shundaki, Nagelsman vaziyatdan kelib chiqib o'yin rejasini o'zgartirishga qodir murabbiy. Bu plyus unga va jamoasiga EChLning guruh ham asqatishi mumkin.

Optimal tarkib: (3-4-2-1): Gulachi — Klostermann, Upamekano, Xalstenberg — Zabitser, Laymer, Adams, Anxelinyo — Olmo, Nkunku (Forsberg) — Poulsen (Serlot).

Istanbul Beshekshaxer" (UEFA reytingida 58-o'rinda)

Murabbiy: Okan Buruk

Yozdagi yo'qotishlari: «Istanbul» jamoasini yozda Robino, Klishi, Inler va Elia singari futbolchilar tark etishdi. Shunday bo'lsada, ulardan faqat Gayl Klishigina asosiy tarkib futbolchisi edi. Shu bois, yo'qotishlarni ulkan deb bo'lmaydi.

Kimlar safga qo'shildi: Jamoa yozda vaqtni bekor o'tkazmadi. Terma a'zosi Xasan Ali Kaldirim, «Lion»dan Rafael, va «Zenit» sharafini himoya qilgan Julianolar endi «Istanbul» a'zosi. Shuningdek, Turkiya futbolida endi ko'zga tashlanayotgan iqtidorlar bilan ham shartnomalar imzolandi. Ular orasida Ravil Tagirning borligi so'zimizga isbot bo'la oladi.

EChLdagi eng yaxshi natijasi: Debyut

Jamoa etakchilari: Gyunok, Epuryanu, Shkrtel, Topal, Vishcha, Ba.

Kuchsiz tomonlari: Afsuski, «Istanbul» jamoasining tarkibi guruhdagi raqiblarnikidan 3 barobar kuchsizroq. Boz ustiga, jamoa Turkiya chempionatini juda yomon boshladi. 4 ta turdan so'ng, klub so'nggi pog'onada bormoqda. Achinarlisi shundaki, klub hali bu mavsumda rasmiy uchrashuvlarda gol kiritganicha yo'q.

Kuchli tomonlari: Ochig'i, jamoaning kuchli jihatlari guruhdan chiqish uchun imkoniyat yaratmaydi. Top 5 chempionatlarda harakat qilgan futbolchilar yordamida PSJ va «Manchester Yunayted»ga qarshi bosimsiz harakat qilish mumkin xolos. Ayni damda, bu jamoaning boshqa hech qanday ustunligi mavjud emas.

Optimal tarkib: (4-1-4-1): Gyunok — Kaysara, Shkrtel, Epuryanu, Kaldiiriim — Tekdemir — Vishcha, Kaxvechi, Juliano, Shadli — Ba (Krivelli).

Guruhning o'ziga xos «Fishkalari»

- «Istanbul» guruhdagi birorta klub bilan hali maydonda to'p surmagan. Bu barcha uchun kutilmagan sovg'a bo'lishi mumkin.

- «Buqalar» o'tgan mavsumda PSJga EChL yarim finalida yirik hisobda mag'lub bo'lishgan. Hisobni tenglashtiradigan vaqt yaqinlashmoqda.

- Shu o'rinda, PSJ ham 2018/19 yilgi EChL pley-offidagi alamli mag'lubiyat uchun «Manchester Yunayted»ni jazolashi mumkin.

- «H» guruhida bir nechta futbolchilar o'z sobiq klublariga qarshi maydonga tushish imkoniyatiga ega. PSJ tarixidagi eng yaxshi to'purar Kavani Parij klubi darvozasini ishg'ol qilishi mumkin. Ander Errera va Di Marialar esa, sobiq jamoasi muxlislarini ranjita oladimi?!

- «Istanbul»ning yangi futbolchisi Rafael «MYu» safida 170 ta o'yin o'tkazgan va 3 bor APL oltin medallariga ega chiqqan.

- Guruhdagi 3 ta klub o'tgan mavsumda xalqaro maydonda ishonchli to'p surdi va o'z tarkibi deyarli saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
1930-yilgi jahon chempionati nafaqat bir mamlakatda, balki, bitta shaharda o‘tkazilgan yagona mundialdir.
Bosh sahifa
Online: 0 / 19
Foydalanuvchi qoidalari
most
© BUTSA.NET, 2018–2020™
Контакты