Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. UEFA esa ushbu haftaning eng chiroyli goli muallifi sovriniga da'vogarlar ro'yxatini e'lon qildi.
«Barselona» hujumchisi Antuan Grizmann — «Ferentsvarosh»ga qarshi o'yinda (3:0) tovoni bilan gol urdi.
«Midyulland» himoyachisi Aleksandr Sholts — «Atalanta»ga qarshi bahsda (1:1) jamoasiga bir ochko keltirgan gol muallifiga aylandi.
«Istanbul Bashakshehir» yarim himoyachisi Irfan Qaxvechi — «Leyptsig»ga qarshi uchrashuvning (3:4) 85-daqiqasida jarima zarbasi orqali darvozasini zabt etdi.
«Olimpiakos» yarim himoyachisi Muhammad Kamara — «Marsel»ga qarshi o'yinda (1:2) 16 metrlardan aniq zarba bilan darvozani ishg'ol qildi.
Manba: stadion.uz