LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:25
KirishA'zo bo'lish
EChL. Dramatik o'yin va eng so'nggi soniyada kiritilgan gol «Tottenxem»ni finalga olib chiqdi!
sana 9 May, 02:06 korildi 581

Evropa chempionlar ligasining ikkinchi yarim final bahsi ham dramatizm borasida kechagisidan qolishmadi. Birinchi bo'limda "Ayaks" ikkita gol urib, ikkita o'yin natijasiga ko'ra 3:0 hisobida oldinga chiqib olgandi. "Tottenxem" esa ikkinchi taymda 3ta gol urib, safarda urilgan gollar evaziga final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Fantastika! Haqiqiy drama!O'yindan keyin barcha yig'ladi. "Tottenxem" murabbiylari va futbolchilari quvonchdan, "Ayaks" bolakaylari esa alamdan... Amsterdamliklar finalga chiqishi uchun 1 soniya vaqt qolgandi-ya...Evropa chempionlar ligasi, yarim final, javob o'yiniAyaks Gollandiya – Tottenxem Angliya 2:3 (2:0, 0:3)Gollar: 1:0 – 5 de Ligt, 2:0 – 35 Ziesh, 2:1 – 55 Lukas Moura, 2:2 – 59 Lukas Moura, 2:3 – 90 Lukas Moura. Ayaks – Onana, Blind, de Ligt, Talyafiko, Mazraui, Shene (Veltman, 60), de Yong, van de Bek (Magalyan, 90), Ziesh, Tadich, Dolberg (Sinkgraven, 67).Tottenxem – Loris, Alderveyreld, Rouz (Devis, 82), Tripper (Lamela, 81), Vertongen, Alli, Vanyama (Lorente, 46), Lukas Moura, Sissoko, Eriksen, Son Xiin Min.Ogohlantirishlar: Sissoko (16), Dolberg (50), Rouz (76), Ziesh (77), Onana (90).

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
Futbol bo‘yicha ilk jahon chempionati 1930-yilda Urugvayda o‘tkazilgan va unda mezbonlar g'olib bo'lishgan. Shu yili Urugvay mustaqilligining 100 yilligini nishonlagan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 23
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta