logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:14
KirishA'zo bo'lish
EChL. «E» guruhi. «Liverpul» pley-offga chiqa olmaydimi?
 28 Noyabr, 03:10  446

Evropa chempionlar ligasining amaldagi g'olibi — "Liverpul" uchun ushbu mavsumning guruh bosqichi oson kechmayapti. Yurgen Klopp shogirdlari 5-turda "Napoli"ni qabul qilib, durangga imzo chekishdi.

Birinchi bo'limning 21-daqiqasida neapolliklar Dris Mertensning goli evaziga hisobni ochishdi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida esa Lovren mersisaydliklar bir ochko keltirgan gol muallifiga aylandi. Ushbu durangdan keyin "Liverpul"ning ochkolari 10taga, "Napoli"niki esa 9taga etdi.

Ushbu guruhda ishtirok etayotgan "Zaltsburg" jamoasi safarda "Genk" 4:1 hisobida g'alaba qozonib, o'z ochkolarini 7taga etkazib oldi. Avstriyaliklar so'nggi turda o'z maydonlarida "Liverpul"ni qabul qiladilar. "Zaltsburg" o'sha o'yinda 2ta to'p farqi bilan g'alaba qozonsa, amaldagi chempion guruh bosqichida qolib ketishi mumkin.

Evropa chempionlar ligasi
"E" guruhi, 5-tur
Liverpul Angliya – Napoli Italiya 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 21 Mertens, 1:1 – 65 Lovren.
Liverpul – Alisson, Robertson, Gomes (Oksleyd-Chemberlen, 57), van Deyk, Lovren, Milner (Aleksander-Arnold, 78), Fabino (Veynaldum, 19), Xenderson, Mane, Firmino, Salax.
Napoli – Meret, Di Lorentso, Kulibali, Manolas, Mariu Ruy, Fabian Ruis, Zelinski (Yunes, 85), Losano (Lorente, 72), Allan, Maksimovich, Mertens (Elmaz, 81).
Ogohlantirishlar: Kulibali (90), Robertson (90), Allan (90).
 
Genk Belgiya – Red Bull Avstriya 1:4 (0:2, 1:2)
Gollar: 0:1 – 43 Daka, 0:2 – 45 Minamino, 0:3 – 69 Xvan Xi Chxan, 1:3 – 85 Samatta, 1:4 – 87 Xoland.
Genk – Kauke, De Norre, Kuesta, Devast, Mele, Ito (Xadji, 79), Groshovski (Onuachu, 59), Peyntsil (Bongonda, 65), Berge, Lukumi, Samatta.
Red Bull – Karlos, Veber, Ulmer, Ongene, Kristensen, Yunuzovich, Soboslai (Okugava, 80), Mvepu, Daka (Xoland, 62), Xvan Xi Chxan, Minamino (Falltsi, 89).
Ogohlantirishlar: Yunuzovich (21), Kristensen (46), Samatta (74).

№JamoaO'yin  G'    D  Mag'-tT - N   Ochko 1 Liverpul 5 3 1 1 11-8 10 2 Napoli 5 2 3 0 7-4 9 3 Zaltsburg 5 2 1 2 16-11 7 4 Genk 5 0 1 4 5-16 1

 

Manba: stadion.uz

 Fikrlar
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Aleks Songning 17 nafar opa-singlisi, 10 nafar aka-ukalari bor.
Bosh sahifa
Online: 1 / 33
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2020™
Butsa.uz@gmail.com