logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:38
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Gruziya prezidenti UFC chempioni Topuriyaga davlat mukofoti topshirdi + FOTO

 23 MART, 2024, 11:32

Asli kelib chiqishi gruziyalik aralash yakkakurash ustasi Iliya Topuriya Hurmat ordeniga loyiq ko'rildi.

Oktagonda Ispaniya sharafini himoya qilayotgan Iliya ushbu davlat mukofotini shaxsan Gruziya prezidenti Salome Zurabishvilining qo'lidan qabul qilib oldi. Topuriya mamlakatda sport rivojiga qo'shayotgan ulkan hissasi uchun taqdirlandi.

"Sizga ushbu mukofotni topshirish men uchun katta sharaf", — dedi Zurabishvili.

"O'z o'rnida bunday yuksak mukofotni qabul qilib olish men uchun ham katta sharaf. Men Gruziyani oddiy fuqaro sifatida tark etgandim. Hozir esa Vatanga qaytdim va davlat mukofotiga loyiq ko'rildim. Bu menga faxr va iftixor tuyg'usini beradi. Iliq so'zlar uchun sizga katta rahmat. Yashasin Gruziya!", – dedi Topuriya.

Eslatib o'tamiz, Iliya Topuriya avstraliyalik Aleksandr Volkanovskini mag'lubiyatga uchratib, UFC chempioniga aylangan edi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR