logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:44
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Barselona" moliyaviy ahvolni kerakli futbolchilarni sotib yaxshilamaydi

 24 MART, 2024, 16:36

"Barselona" prezidenti Joan Laporta klubning moliyaviy ahvolini kerakli futbolchilarni sotib yaxshilamasligini aytdi. 

"Bizga Lamin Yamal kabi futbolchi uchun 200 million evro taklif qilishdi va biz rad javobini berdik. Chunki biz uning iqtidoriga ishonamiz va uni sotishga hojat yo'q.

Biz iqtisodiy tiklanish jarayonidamiz va men tunnel oxiridagi yorug'likni allaqachon ko'ryapman. Balde, Fermin Lopes, Gavi, Pedri, de Yong, Arauxo bo'yicha takliflarimiz bor edi...

Lekin biz ularni sotmoqchi emasmiz. Biz bu futbolchilardan 1 milliard evro daromad olishimiz mumkin edi", - deya Laportaning so'zlarini keltirmoqda Ispaniyaning Sport nashri.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR