logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:10
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Keyn "Borussiya Dortmund"ga qarshi o'yingacha tiklanishga ulgurmasligi mumkin

 24 MART, 2024, 15:42

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn to'pig'idagi jarohatidan tiklanishda davom etmoqda. Bild xabariga ko'ra, angliyalik nafaqat terma jamoasining Belgiyaga qarshi navbatdagi o'yinini, balki Bundesliga doirasidagi "Borussiya Dortmund"ga qarshi o'yinni ham o'tkazib yuborishi mumkin.

Qayd etilishicha, Keyn tezroq tuzalib ketishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda, biroq uning "Borussiya"ga qarshi o'yindagi ishtiroki hamon so'roq ostida.

Keyn Bundesliganing ushbu mavsumida 31 ta gol urdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR