LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:14
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Breaking news! Umid Ahmadjonovning MOQ rahbarligidan ketishi kutilmoqda
sana 15 May, 16:36 korildi 54

Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyatida o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Bu haqda ishonchli manbalar xabar bermoqda.

Manba xabariga ko'ra, bugun Milliy olimpiya qo'mitasida yig'ilish o'tkazilgan va undan MOQning so'nggi vaqtlardagi faoliyati tanqid qilingan. Aynan shu yig'ilishda MOQ rahbari Umid Ahmadjonovning mazkur lavozimga loyiqligi masalasi ko'tarilgan. Yig'ilishda qo'mita Bosh Assambleyasining navbatdan tashqari yig'ilishini o'tkazish taklifi kiritilgan.

Bosh Assambleya yig'ilishi tez orada bo'lib o'tishi kutilmoqda. Unda Milliy olimpiya qo'mitasiga yangi prezident saylanishi mumkin. Manbaga ko'ra, hozircha aniq nomzod bo'lmagani uchun, Assambleya yig'ilishi boshlanmay turibdi. Federatsiyalardan bu borada o'z nomzodlarini taklif qilish so'ralgan.

Eslatib o'tamiz, Umid Ahmadjonov bir vaqtning o'zida O'zbekiston futbol assotsiatsiyaning birinchi vitse-prezidenti lavozimida ham faoliyat yuritadi. Uning mazkur lavozimdan ham ketgan yoki qolgani borasida aniq ma'lumotlar yo'q.

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
«Milan»ning afsonaviy futbolchisi Nils Lidxolm «A» seriyasida 367ta o‘yinda 81ta gol urgan va biror marta sariq kartochka olmagan.
Bosh sahifa
Online: 1 / 22
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta