LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:12
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Baxtiyor Ashurmatov "Buxoro"dan ketdi(mi)?
sana 15 May, 15:40 korildi 45

“Buxoro” klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov O'zbekiston Superligasining 8-turida “Surxon” klubiga qarshi o'tkazilgan o'yindan so'ng o'z lavozimini tark etgan. Ma'lumotlarga ko'ra, Ashurmatov “Surxon”dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng ishdan bo'shash yuzasidan ariza yozgan. Shundan so'ng u klubga qaytmagan. Hozirda jamoa navbatdagi turda “Dinamo” bilan kechadigan o'yinga mahalliy murabbiy Ilhom Umirov qo'l ostida mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Baxtiyor Ashurmatov joriy mavsumning avvalida "Buxoro" klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Undan oldin qo'qonlik mutaxassis Olmaliqning AGMK klubini boshqargan va o'tgan mavsumda bu klub bilan O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan edi.

O'z navbatida “Buxoro” klubi ushbu ma'lumotni rasman tasdiqlaganicha yo'q.

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
Yozuvchi Artur Konan Doyl o'z vaqtida "Portsmut" darvozaboni bo'lgan.
Bosh sahifa
Online: 1 / 27
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta