logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 03:18
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Klopp chempionlik uchun kurashda: "Balki bu safar omad "Liverpul"ga kulib boqar"

 22 APREL, 2024, 18:30

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida jamoaning chempionlik uchun imkoniyatlari haqida gapirdi.

“Biz chempionlikni bir marta qo'lga kiritdik, bu mening Premer-ligadagi eng sevimli mavsumim edi! Qolgan barcha vaziyatlarda biz mag'lub bo'ldik, ammo chempionlik uchun kurashni har doim qiziqarli o'tkazdik. Agar biz buni yana qila olsak, ehtimol bu safar omad bizga tabassum qiladi. Lekin kim biladi. Biz imkon qadar ko'proq o'yinda g'alaba qozonishga, imkon qadar ko'proq ochko olishga harakat qilishimiz kerak. Bu barchamiz uchun tig'iz mavsum; Hammaga omad kerak, har bir jamoaga kerak", - deya Kloppning so'zlarini keltiradi "Liverpul" rasmiy sayti.

Angliya Premer-ligasida 33 ta o'yindan so'ng "Arsenal" turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Liverpul” ikkinchi, “Manchester Siti” esa uchinchi o'rinda. Shu bilan birga, “shaharliklar” bitta kam o'yin o'tkazishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR