LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:41
KirishA'zo bo'lish
APL. «Arsenal» g'alaba qozondi va 4-o'ringa ko'tarildi (videosharh)
sana 16 Aprel, 06:18 korildi 142

"Arsenal" Angliya premer-ligasining 34-turi doirasida "Uotford" klubi mehmoni bo'lib, qiyin g'alabani qo'lga kiritdi. Aslida, ushbu mavsum Unay Emeri shogirdlari safar o'yinlarida qiynalishmoqda. Bahsning 10-daqiqasida mezbon jamoa posboni Ben Fosterning qo'pol xatosidan keyin "Arsenal" hisobni ochdi. Darvozabon himoyachi tomonidan etkazilgan uzatmani tezda tepib yubormadi. Obameyang esa Fosterni ta'qib qildi va posbondan tezroq harakat qilib, to'pni darvozaga joylab qo'ydi.Oradan 1 daqiqa o'tib Troy Dini raqib futbolchisi yuziga tirsagi bilan urgani uchun maydondan chetlatildi. Maydon egalari bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramay, butun o'yin davomida "kanonirlar"ni taxlikada ushlab turishdi. Ayniqsa, ikkinchi bo'limda Adam Masina tomonidan olis masofadan yo'llangan zarba natijasida to'p darvoza to'siniga tegdi. Undan biroz avval Mxitaryan juda yaqin masofadan zarba yo'llab, darvozani ishg'ol qila olganida, bahsdagi intriga ertaroq so'nggan bo'lishi mumkin edi. "Arsenal" posboni Bernd Leno bir necha marta o'z jamoasini gollardan qutqarganini ta'kidlash lozim.Shu tariqa, "Arsenal" o'z ochkolarini 66 taga etkazib, jadvalda 4-o'ringa ko'tarilib oldi. Shuncha ochko jamg'argan "Chelsi" klubi qolganlarga nisbatan 1ta ko'p o'yin o'tkazgan. "MYu" hisobida esa 33ta o'yindan keyin 64 ochko mavjud.Angliya chempionati, 34-turUotford – Arsenal 0:1 (0:1, 0:0)Gol: 0:1 – 10 Obameyang. Uotford – Foster, Yanmat, Kabasele, Ketkart, Mazina (Sema, 86), Femeniya (Saksess, 59), Kapu, Dukure, Xyuz, Dini, Grey.Arsenal – Leno, Mustafi, Mavropanos (Genduzi, 59), Koselni, Monreal, Torreyra (Ozil, 46), Jaka, Mxitaryan, Remzi (Meytlend-Naylz, 68), Ivobi, Obameyang.Ogohlantirishlar: Kapu (54), Xyuz (86).Chetlatish: Dini (11).

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
Paragvay chempionatida bahs olib boruvchi “Sportivo Ameliano” va “General Caballero” jamolari o’rtasida 1993-yilda o’tkazilgan bahsda hakam jami 20 ta qizil kartochkani cho’ntagidan chiqarishga majbur bo’lgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 34
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta