logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:29
KirishA'zo bo'lish
Angliya termasida debyut qilgan eng yosh futbolchilar (Top 10)
 21 Noyabr, 02:55  181

Stadion.uz futbol vatani terma jamoasida eng erta debyut qilgan futbolchilarni yodga oladi.

10. Markus Reshford. Debyut 27 may 2016 yil, 18 yosh 208 kun

Reshford o'zining debyut uchrashuvida gol kiritgan eng yosh futbolchi sanaladi. E'tiborlisi shundaki, qahramonimiz bu ishni amalga oshirish uchun atigi 138 soniyani sarflagan xolos. Avstraliya termasi uning «o'ljasi»ga aylangan edi o'shanda. Bunga qadar, qahramonimiz 4 oy avval «Manchester Yunayted»da debyut qilgan va kelajagi buyuk futbolchi bo'lishi taxmin qilingan edi.

9. Djeydon Sancho. Debyut 12 oktyabr 2018 yil, 18 yosh 200 kun

Sancho 2017 yilda Germaniyaga ko'chib ketgach, uning faoliyatida progress namoyon bo'ldi. Bu esa, terma jamoadan chaqiruv olishiga sabab bo'ldi. Qahramonimiz Bundesligadagi o'yinlari sababli ko'plab mutaxassislar e'tiboriga tushgani rost. Shuningdek, Sancho 21 asrda tug'ilgan futbolchilar orasida birinchi bo'lib YChLda gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Uning Xorvatiyaga qarshi uchrashuvidagi debyuti ham ko'plab muxlislarda iliq taassurot qoldirgan edi.

8. Dankan Edvards. Debyut 2 aprel 1955 yil, 18 yosh 182 kun

Reytingda kutilmagan shaxs! Dankan 1953 yilda Angliya chempionatida to'p surgan eng yosh futbolchiga aylangan bo'lsa, oradan ikki yil o'tib bu ko'rsatgichni terma jamoada ham yangiladi. Qahramonimiz «MYu»da debyut o'tkazgan paytda 16 yosh 185 kunlik edi. Terma safida 18 bor maydonga tushgan futbolchi Myunhendagi aviahalokat sababli olamdan o'tadi. 21 yoshli futbolchi qisqa umri davomida ikki bor Angliya chempionligini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.

7. Mayka Richards. Debyut 15 noyabr 2006 yil, 18 yosh 143 kun

Richards terma jamoa sharafini himoya qilgan eng yosh futbolchi haqida uzoq so'zlash mumkin. Gollandiyaga qarshi bahsda ishtirok etgan futbolchining faoliyati kutilganidek super darajada o'tgani yo'q. «Siti»dagi murabbiylar uning iqtidorini yuzaga chiqara olmadi. Afsus...

6. Kallum Xadson-Odoi. Debyut 22 mart 2019 yil, 18 yosh 134 kun

Eng yangi namunalardan biri. Kallum Chexiyaga qarshi Evro 2020 musobaqasi saralash bahsida zaxiradan o'yinga tushirilgan edi. Aynan u Angliya terma jamoasida rasmiy o'yinda debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylangan edi.

5. Maykl Ouen. Debyut 11 fevral 1998 yil, 18 yosh59 kun

Bu futbolchini qo'rqmasdan afsona desak bo'ladi. Terma safida 89 ta o'yin o'tkazgan «tilla bola» 40 bor raqib darvozalarini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgan. Qahramonimiz terma safida naqd 3 ta JChda to'p tepgan kam sonli futbolchilardan biri sanaladi.

4. Raxim Sterling. Debyut 14 noyabr 2012 yil, 17 yosh 341 kun

Rahimning debyut uchrashuvi ko'pchilikning yodida emas. Sababi, o'sha oqshomda Zlatan 4 ta gol kiritgan va barchaning e'tiborini o'ziniki qilib olgan edi. Qahramonimiz o'zining ikkinchi uchrashuvida oradan 2 yil o'tgachgina ishtirok etdi. O'tgan yillar davomida Rahimning termadagi o'rni mustahkamlashib bormoqda. Ayni damda, uning hisobida 58 ta o'yin mavjud.

3. Djud Bellingxem. Debyut 12 noyabr 2020 yil, 17 yosh 137 kun

Djut ham Sancho singari omadini «Borussiya Dortmund»da sinab ko'rishga qaror qiladi. Bundesligadagi 4 o'yinga qaramay, Angliya termasidan chaqiruv olishga muvaffaq bo'ldi. Qahramonimiz Irlandiyaga qarshi bahsda atigi 17 daqiqa to'p surdi, ammo bu omma e'tiborini tortish uchun kifoya qildi. Uchrashuvdan so'ng, inglizlar ustozi qahramonimizni etilgan futbolchi deb ta'rifladi.

2. Ueyn Runi. Debyut 12 fevral 2003 yil, 17 yosh 110 kun

Afsonalarsiz bu ro'yxat juda ham zerikarli bo'lgan bo'lar edi. Runi ham Avstraliyaga qarshi uchrashuvda debyut qilgan edi. Oradan 14 yil o'tib u termadagi faoliyatini yakunladi. 120 ta o'yin 53 ta gol. Ajoyib natija! Aslida, qahramonimizga 16 yoshda Irlandiya terma jamoasidan chaqiruv kelgan, biroq Ueyn inglizlar foydasiga qaror chiqargan.

1. Teo Uolkott. Debyut 30 may 2006 yil, 17 yosh 74 kun

Mana haqiqiy rekord egasi! Sven-Eran Eriksen 17 yoshli futbolchini 2006 yildagi JChga olib ketishi haqidagi xabar chiqqanida, ko'plab muxlislar hayron bo'lib qolgan edi. Afsuski, JChlar borasida uning omadi kelmadi. Uni murabbiylar birorta ham o'yinda maydonga tushirishmadi. Evropa chempionatlarida esa 4 bor o'yinda ishtirok etdi. Terma safida 47 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo'lsada, atigi 4 o'yinda 90 daqiqa harakat qilgan xolos.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
"“Arsenal”ni tark etganimdan pushaymon emasman. “Arsenal” qiyinchilik bilan 4-o‘rinni egallayotgan vaqtda, men Ligada chempion bo‘ldim" (c) Samir Nasri
Bosh sahifa
Online: 0 / 23
Foydalanuvchi qoidalari
most
© BUTSA.NET, 2018–2020™
Контакты