LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:39
KirishA'zo bo'lish
Andijonda «Biz futbolni tanlaymiz» shiori ostida fleshmob o'tkazildi
sana 15 Aprel, 18:35 korildi 4
4 aprel kuni Andijon shahridagi Registon maydonida “Biz futbolni tanlaymiz” shiori ostida fleshmob o'tkazildi.   Mazkur ommaviy tadbirda 500ga yaqin yosh futbolchilar o'zlari tanlagan sport turining  o'ziga xos ekanligini namoyish qildilar.    Viloyat futboli faxriylar va sport jamoatchiligi ishtirok etgan fleshmobda Andijon viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Bekzodbek Karimov so'zga chiqdi.  “Mazkur fleshmobni  o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad futbolni yosh avlod o'rtasidagi targ'ibotini yanada kuchaytirish, bu orqali kelajakda iqtidorli o'yinchilar etishib chiqishini ta'minlashdan iborat”, - dedi Bekzodbek Karimov.    Shuningdek, tadbir davomida “Andijon” klubining sobiq futbolchilari Baxtiyor Hamidullaev va Lochin Solievlar yosh futbolchilarga  master-klasslar o'tib berishdi.






Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
"Stemford Brij"ni o'z vaqtida "Fulxem"ga taklif qilishgan. Lekin, jamoa o'shanda stadionni olishni istamagan. Yakunda esa 1905 yildan so'ng stadionda "CHelsi" o'ynay boshlagan
Bosh sahifa
Online: 0 / 33
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta