logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:23
KirishA'zo bo'lish
Anchelotti APL va A seriyada ishlash o'rtasidagi farqni aytdi
 23 May, 04:00  40

«Everton» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qaysi chempionatda ishlash yoqimliroq ekanini aytdi.

«Angliya premer-ligasida ishlash yoqimliroq. Muxlislar unchalik bosim o'tkazmaydi, Angliyada muhit yaxshiroq.

Oradan 9 yil o'tib, men Italiyaga qaytdim — deyarli hech narsa o'zgarmagan. O'sha bosim, muxlislar o'rtasidagi o'sha zo'ravonlik mavjud. Italiya futboli o'zgarmoqchi, ammo insonlar o'rtasida zo'ravonlik, odamlarga hujum bor ekan, afsuski, mamlakat madaniyatini o'zgartirish oson emas. Angliyada esa stadiondagi tomoshabinlar o'zaro mehribon.

«Bavariya»dan ketganimdan keyin Italiyaga qaytishni istagandim. «Napoli»da yaxshi tajriba to'pladim. Ammo chempionatni tanlashga to'g'ri kelsa, men APLni tanlagan bo'lardim. «Everton» — fantastik tarixga, fantastik an'analarga ega bo'lgan klub. Jamoa cho'qqida bo'lishni istaydi», — dedi Anchelotti "Sky Sports"ga bergan intervyusida.

Manba: stadion.uz

 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
"Har qanday kamchilik sening ustunligingga aylanishi mumkin" (c) Yoxan Kruiff,afsonaviy futbolchi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 47
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2020™