logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:10
KirishA'zo bo'lish
Anchelotti: «Zidan mening futbolga qarashlarimni o'zgartirdi»
 22 May, 22:55  60

«Everton» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Yuventus»dagi faoliyati davomida Zidan uning qarashlarini qay tariqa o'zgartirganini aytdi.

«Zidan kelganidan keyin men taktik sxemalar haqidagi qarashlarimni o'zgartirdim. Zidan — o'yin sistemasini o'zgartirish imkonini bergan ilk futbolchi.

«Yuventus»dagi birinchi mavsumda men 3-4-1-2 sxemasida o'ynardim. Del Pero va Indzagi oldinda, Zidan esa ularning ortida. Ikkinchi mavsumda esa men 4 himoyachi bilan o'ynab, oldinda ikki hujumchisi va bir "o'ninchi raqamli" Zidanni saqlab qoldim.

Zidan mening futbolga bo'lgan qarashlarimni o'zgartirdi. «Yuventus»ga kelgunimga qadar men e'tiborni 4-4-2 sxemasiga qaratgan edim. Ammo keyinchalik Zidan uchun munosib joy topish uchun sxemani o'zgartirdim. U o'zini maydonda erkin his qilishini istadim.

«Yuve»dagi faoliyatim yaxshi tajriba bo'ldi. Klub qanday qilib murabbiyga ishlash kerakligini yaxshi bilardi, «Yuventus» meni qo'llab-quvvatladi. Meni ikkinchi mavsumning oxirida iste'foga chiqarishgani esa muhim emas», — dedi Anchelotti "Sky Sports"ga bergan intervyusida.

Manba: stadion.uz

 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
"Men "Milan"dan tepada faqat osmon degandim? Ha, to'g'ri. Lekin "Inter" osmondan ham teparoqda turadi" (c) Antonio Kassano,Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi
Bosh sahifa
Online: 0 / 26
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2020™