logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:44
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Kroos qachon yakuniy qarorga kelishini aytdi

 25 MART, 2024, 12:12

Germaniya terma jamoasi va "Real" yarim himoyachisi Toni Kroos kelajagi haqida qachon qaror qabul qilishini aytdi.

"Mening kelajagim? Men bir-ikki oy ichida qaror qabul qilaman. Ko'ramiz", - deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltiradi insayder Fabritsio Romano.

Joriy mavsumda Kroos “Real” safida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi. 34 yoshli Kroosning transfer narxi 14 million evro.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR