logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:07
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Myuller: "Biz klub tarixidagi eng yaxshi davrni boshdan kechirmayotganimiz hammaga ayon"

 6 APREL, 2024, 23:00

"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller "Xaydenxaym"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Bundesliganing 28-turidan o'rin olgan uchrashuv myunxenliklarning 2:3 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi.

"Biz klub tarixidagi eng yaxshi davrni boshdan kechirmayotganimiz hammaga ayon", - deya gap boshladi Bayern & Germany bilan suhbatda.

Futbolchining aytishicha, "Bavariya" himoyada yomon o'ynagan, ammo hozir bu haqda gapirishdan ma'no yo'q. Bo'lajak Chempionlar ligasi o'yinida jamoa natijaga erishish uchun bor kuchini beradi, deya xulosa qildi Myuller.

9 aprel kuni "Bavariya" Chempionlar ligasi 1/4 finali birinchi o'yinida "Arsenal" bilan mehmonda o'ynaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR