logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:13
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

FIFA.com nigohi "Paxtakor" yulduzida

 17 APREL, 2024, 01:12

Diyor Xolmatov FIFA.com saytiga eksklyuziv intervyu berdi. Unda futbolchimiz klub va OTJdagi faoliyatiga ham to'xtalib o'tgan.

“Olimpiya o'yinlarida o'zbekistonlik sportchilarni ko'rish va ular bilan birga Parijdagi ishtirokdan hissiyotlarni bo'lishish ajoyib bo'ladi. Medallar uchun kurashadigan ko'plab sportchilar bor, ammo Oksana Chusovitina ular orasida alohida e'tiborda. U nafaqat O'zbekiston, balki jahon gimnastikasining afsonaviy sportchilaridan biri sanaladi. U 1992 yil ilk bor musobaqada qatnashgan, endi esa 9-marta qatnashishi mumkin! Uning professionalligi, xotijamligi va faoliyatining davomiyligi o'rnak olishga arziydi", - deydi Xolmatov.

- "Paxtakor" akademiyasida futbol bilan shug'ullanishni boshlaganman va hamon futboldagi sayohatim shu erda davom etmoqda. Lionel Messini yoqtirganman, lekin otam men uchun o'xshashga intiladigan futbolchi sifatida qoladi. U ham "Paxtakor"da men kabi 8-raqamda o'ynagan. Biz bir pozitsiyada o'ynaymiz!

O'zbekistonning Olimpiya o'yinlaridagi debyuti barchamiz uchun juda muhim. O'zimizning eng kuchli tomonlarimizni ko'rsatib, orzularimizni ro'yobga chiqarish uchun harakat qilamiz. O'zbekistonda odamlar futbolni juda sevishadi, terma jamoani hissiyotlar bilan qo'llab turishadi. Olimpiadaga chiqishimiz ularga xursandchilik ulashib, katta g'urur beradi.

Yoshligimdan kuchli mutaxassislar qo'l ostida shug'ullandim. Asosiy jamoada Shota Arveladze va Maksim Shatskix singari murabbiylar bilan ishlaganim omadim deb o'ylayman. Ular o'z davrida ajoyib futbolchilar bo'lishgan. Murabbiy sifatida o'z bilimlarini futbolchilarga o'rgatib borishmoqda.

Bolaligimdan juda ko'p futbol o'ynardim - ko'chada do'stlarim bilan va "Paxtakor" akademiyasida. Otamning futbolchi ekani yuqori darajaga chiqishga intilishda menga ishtiyoq bergan. Yosh futbolchi nafaqat to'p bilan ishlashi, balki jismoniy, taktik va futbolni tushunish bo'yicha aqlan ham rivojlanib borishi zarur.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR