logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:18
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Ryudiger: "Oldingi jamoalarimni "Real" bilan solishtirib bo'lmaydi"

 8 APREL, 2024, 02:42

Madridning “Real” klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger o'z klubining holati haqida gapirdi.

Nemis futbolchisi 2022 yilning yozida "Chelsi"dan erkin agent sifatida "Los-Blankos" safiga qo'shilgandi. Ilgari markaziy himoyachi “Roma” va “Shtutgart”da o'ynagan, shuningdek, Dortmundning “Borussiya” klubi yoshlar akademiyasida tahsil olgan.

"Real"ga qo'shilishdan oldin men katta klublarda o'ynaganman, lekin ularni hurmat qilsam ham, ularni Chempionlar ligasida 14 marta g'alaba qozongan "Real" bilan solishtirib bo'lmaydi. Bu erda maqsad har doim Chempionlar ligasida g'alaba qozonish, bu haqda yana bir bor eslatib o'tishning hojati yo'q”, - deya Ryudiger so'zlarini keltirmoqda Madrid Xtra.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR