logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:54
KirishA'zo bo'lish
Gvardiola chetga surib tashlagan hujumchilar
 6 Oktyabr, 22:05  453

Gvardiola o'z faoliyati davomida bir ko'plab futbolchilarni o'yin falsafasiga mos bo'lmagani uchungina sotib yuborgani hech kimga sir emas. Xo'sh ispaniyalik mutaxassis ularni sotib yuborib to'g'ri qildimi? O'sha futbolchilarning kelajaglari qanday ko'rinish oldi? Bugun Gvardiola ishonmagan hujumchilar haqida so'z boradi.

Eydur Gudyonson

Gvardiola jamoa postiga kelganida, Eydur allaqachon, qanot hujumchisiga aylanib ulgurgan va klub falsafasiga biroz tushunib qolgan edi. Gvardiola avvaliga futbolchini zahiraga mixlagan bo'lsa, keying mavsumda uni «Monako»ga 2 million evro evaziga sotib yuboradi. Shunday bo'lsada, islandiyalik futbolchi Gvardiola qo'l ostida 1 mavsum to'p surishga va EChL chempioni bo'lishga muvaffaq bo'ladi. Afsuski, «Monako»da uning ishlari yurishmaydi va futbolchi Angiliyaga yo'l oladi. Katoloniyadan ketgach naqd 11(«Bolton», «Tottenhem», «Bryugge»…) bor klub almashtirgan qahramonimiz Gretsiya va Hindistonda ham to'p surishga ulgurardi.

Zlatan Ibrahimovich

Ibraning Katoloniyaga ko'chib o'tishi uchun shaxsan Gvardiolaning o'zi harakat qilgan bo'lsada, bu klub tarixidagi eng achinarli transferga aylanganidan xabaringiz bor. Darhaqiqat, Zlatan super iqtidor egasi bo'lsada, Gvardiolaning o'yin falsafasiga tushuna olmadi. Uning «Barselona» safida o'tkazgan yagona mavsumini omadsiz deyish g'alati. 22 ta gol va 10 ta assistga erishgan qahramonimiz Ispaniya chempioni va kubogi sohibi bo'lishga muvaffaq bo'lgani tahsinga sazovor. Ming afsuski, Ibra va Pep o'zaro kelishib ishlashni istamashmadi va o'rtada nizo paydo bo'ldi. «sariq pressa» esa, buni bo'rtirib ko'rsata boshladi. Ochig'I Ibraning uzun tillari ham vaziyatni yanada chigallashgach, shaxsan Pep futbolchining sotib yuborilishini talab qildi.

O'z faoliyatini Italiyaning «Milan» jamoasida davom ettirgan qahramonimiz o'z o'yinini ko'rsatishda davom etaverdi. Keyinchalik PSJ klubida uzoq muddat ishonchli to'p surgan Ibranin Evropdagi so'nggi klubi «Manchester Yunayted» bo'ldi. Yoshi katta bo'lsada, Zlatan APLda o'zini yo'qotib qo'ygani yo'q. Keyinchalik futbol afsonasi sifatida MLSni bo'ysundirish uchun ocean ortiga ketdi.

Mario Mandjukich

Xorvatiyalik futblolchining karierasi «Bavariya» bilan trebl qayd etgan yilli o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqqan edi. Aynan o'sha mavsumdan so'ng, klubga taklif etilgan Pep Gvardiola qo'l ostida futbolchi avvaliga uning talablariga javob berishga urundi biroq, baribir uni murabbiyning ko'rsatmasi bo'yicha «Atletiko Madrid»ga sotib yuborishdi.

Mario Ispaniyada o'zini yo'qotib qo'ymadi. Diego Simione qo'l ostida yangi darajaga ko'tarilgan futbolchi klubi uchun kerakli figuraga aylangan bo'lsada, uni bir mavsumdan ortiq jamoada ushlab qolishning iloji topilmadi. Gap shundaki, Karlos Tevezning o'rnini to'ldirish maqsadida «Yuventus» Mandjukichni sotib oladi. Aynan Turinda futbolchi o'z klubini topgandek ko'rinmoqda. To'g'ri, u avvalgidek gollar urmayapti, biroq maydonda juda foydali harakat qilishga ko'nikdi. Ba'zan uni qanot hujumida ham korib qolsangiz hayron bo'lmang. U Allegri qo'l ostida chinakam universal hujumchiga aylanshiga muvaffaq bo'ldi. Bundan tashqari 10 dan ortiq sovrinlar yutishga ham ulgurdi.

Kelechi Ixeanacho

O'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatidagi g'oliblikdan so'ng, nigeriyalik futbolchining atrofida birdaniga grand klublari aylana boshladi. Kelechi esa, ular orasidan muoliyaviy qulayini tanladi va Manchester shaxriga ko'chib o'tdi. 2015-yilda «Manchester Siti»da o'z debyut uchrashuvini o'tkazgan qahramonimiz ko'pchilikda ilq taassurot qoldirgan edi. O'sha mavsumda 14 bor raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan Ixeanacho kelajakda Agueroni to'liq zahiraga o'tkazib qo'yishi bashorat qilingan bo'lsada, barchasi o'zgacha tus oldi.

Gvardiolaning klubga kelishi uning karierasini tubdan o'zgartirib yubordi desak, adashmagan bo'lamiz. Murabbiy tomonidan berilgan ko'rsatmalarni amalga oshira olmadi. Oradan ko'p o'tmay esa, Gvardiola Jezuzni harid qildi va Ixeanacho to'liq Zahira futbolchisiga aylanib qoldi. Keyinchalik o'z faoliyatini «Lester»da tiklashga urungan futbolchi hech narsaga erisha olmadi. O'z vaqtida dunyodagi eng kuchli yosh futbolchilardan biri sanaladigan futbolchi hozirda o'z imkoniyatlarini to'liq namoyish eta olmay unut bo'lib ketdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
"Futbol - muhim bo'lmagan narsalar ichidagi eng muhim ish" (c) Arrigo Sakki, murabbiy.
Bosh sahifa
Online: 0 / 21
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™