LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:02
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Boks bo'yicha Osiyo chempionati: O'zbekiston medallar soni bo'yicha nechanchi o'rinda?
sana 26 Aprel, 06:19 korildi 94

Bangkokda 19 apreldan boshlangan boks bo'yicha Osiyo chempionatida yarim final janglari ortda qoldi. Kun.uz musobaqaning hal qiluvchi bahslari oldidan turnirga doir ayrim faktlarga to'xtalib o'tadi.Erkaklar o'rtasidagi bahslarda O'zbekiston terma jamoasining 10 a'zosidan 5 nafari final yo'llanmasini qo'lga kiritdi, bu – barcha jamoalar orasida eng yaxshi natija.Finalda Qozog'iston va Hindiston termalaridan 4 nafardan vakil qatnashadi, Janubiy Koreyadan esa ikki bokschi oltin medal uchun imkoniyatni saqlab qolgan. Yana beshta mamlakatning bir nafardan sportchilari hal qiluvchi janglarda ishtirok etadi.Finalchilar:5 – O'zbekiston4 – Qozog'iston, Hindiston2 – Janubiy Koreya1 – Mo'g'uliston, Tojikiston, Iordaniya, Yaponiya, FilippinBronza medallari:3 – Qozog'iston, Hindiston, Mo'g'uliston2 – Qirg'iziston, XitoyErkaklar o'rtasidagi bahslarda umumiy medallar soni bo'yicha birinchilik Qozog'iston va Hindistonga tegishli – ushbu mamlakatlarning 7 nafardan bokschisi chempionatni medal bilan yakunlamoqda. O'zbekistonliklardan esa 6 vakil Osiyo chempionati sovrindoriga aylangan.Jami medallar soni bo'yicha:7 – Qozog'iston, Hindiston6 – O'zbekiston4 – Mo'g'uliston2 – Qirg'iziston, Iordaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Filippin1 – Tojikiston, Turkmaniston, Eron, SuriyaMirazizbek Mirzaxalilov / Foto: O'zbekiston boks federatsiyasiO'zbekiston terma jamoasi:Finalchilar: Nodirjon Mirzahmedov (-49 kg), Mirazizbek Mirzaxalilov (-56 kg), Bobo–Usmon Baturov (-69 kg), Sanjar Tursunov (-91 kg), Bahodir Jalolov (+91 kg) Bronza medali sohibi: Shukurjon Rahimov (-60 kg)Chorak finalchilar: Hasanboy Do'smatov (-52 kg), Shunqor Abdurasulov (-64 kg), Isroil Madrimov (-75 kg), Dilshod Ro'zmatov (-81 kg)Final bellashuvlari bugun, 26 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00dan boshlanadi. Unda O'zbekiston vakillari quyidagi raqiblarga qarshi ringga ko'tariladi.-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov - Dipak (Hindiston) -56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Kavinder Singx Bisht (Hindiston) -69 kg: Bobousmon Baturov - Sevonrets Okazava (Yaponiya) -91 kg: Sanjar Tursunov - Xyong Kyu Kim (Janubiy Koreya) +91 kg: Bahodir Jalolov - Kamshibek Konkabaev (Qozog'iston)Qayd etish kerak, bu galgi Osiyo chempionati ilk marotaba erkaklar va ayollar turnirlarini birlashtirgan holda o'tkazilmoqda. Unda O'zbekiston ayollar terma jamoasi 9ta vazn toifasida ishtirok etdi. Ushbu 9 sportchidan 3 nafari: Yodgoroy Mirzaeva (-57 kg), Maftuna Melieva (-64 kg) va Shahnoza Yunusova (-69 kg) bronza medali sohibi bo'lishdi.Final ishtirokchilari (ayollar):7 – Xitoy4 – Xitoy Taypeyi2 – Hindiston, Vetnam, KXDR1 – Janubiy Koreya, Filippin, TailandBronza medallari (ayollar):4 – Qozog'iston, Mo'g'uliston, Hindiston3 – O'zbekiston2 – Xitoy Taypeyi1 – Xitoy, KXDR, VetnamUmuman, qit'a birinchiligi 34 mamlakatdan 304 nafar atletni qamrab olib (192 nafar erkak va 112 nafar ayol bokschilar), bu borada rekord ko'rsatkichni qayd etdi. 34 terma jamoadan 18tasining vakillari sovrindorlar safidan joy olishdi.Eslatib o'tamiz, ushbu Osiyo chempionati shu yil Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga hech qanday yo'llanma bermaydi. Xalqaro boks federatsiyasining yangi tizimiga ko'ra, jahon chempionati va Olimpiada uchun alohida litsenzion musobaqa tashkil qilinadi. Qolaversa, o'tgan yili AIBA tomonidan Tokio Olimpiadasi uchun boks bahslarida yangi vazn toifalari joriy etilgan.Ma'lumot uchun, o'zbekistonlik bokschilar 1995 yildan boshlab qit'a chempionatida ishtirok etib kelishadi, hozirgacha 4 marta (1999, 2002, 2007 va 2017 yillari) umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashgan. Rekord ko'rsatkich 2017 yilda qayd etilgan bo'lib, o'shanda 10ta vaznning 9tasida O'zbekiston vakili oltin medalga sazovor bo'lgandi.

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
1998-yilda ingliz hakami Martin Silvester "District Sunday" ligasi bahslaridan birida futbolchini urgani uchun o’ziga qizil kartochka ko’rsatib maydonni tark etgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 49
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta