logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:49
KirishA'zo bo'lish
Afsonaviy klubni qishda kimlar tark etadi?
 30 Noyabr, 04:40  377

20-asr so'ngi va 21-asr boshida to'xtatib bo'lmas kuchga aylangan «Milan» hozirda anchagina kamtarin klubga aylanib qolganidan xabaringiz bor. O'zi shundoq ham o'rtamiyona futbolchilardan tashkil topgan jamoa qishda yana bir nechta futbolchilarini qo'yib yuborishi tahmin qilinmoqda. Xo'sh, ular kimlar? Bugun ushbu mavzuga qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Rikardo Rodriges

«Milan»da yangi kafuga aylanishi tahmin qilingan Rikardo Rodrigesning faoliyati anchagina pastlagani bor gap. So'nggi paytlarda asosiy tarkibdan ham tushib qolayotgan himoyachi qishda klubni tark etishi aniq bo'lib ulgurdi. Rikardo yangi mavsumda atigi 80 daqiqagina maydonda to'p surdi xolos. Teo Ernandesning klub safiga kelib qo'shilishi uni to'liq zahiraga mixlab qo'ydi. «Milan» o'z futbolchisini rasman transferga qo'ydi va bu orqali yaxshigina pul ishlab olmoqchi. Hozirda shvetsariyalik futbolchining hizmatlariga «Shalke 04», «Borussiya Dortmund» va «Everton» klublari qiziqsh bildirishgan.

Davida Kalabria


Akademiya tarbiyalanuvchisi bo'lishga qaramay, Kalabrianing karierasi boshqa klubda davom etadigan ko'rinadi. O'tgan mavsumda barchani o'ziga qarata olgan qanot himoyachisining bu mavsumda ishlari biroz yurishmayapti. Yangi mavsumda 2 ta qizil kartochka olishga ulgurgan himoyachining xatolari haqida so'zlab o'tirishdan foyda yo'q. Davida katta ehtimol bilan yanvar oyida klubni yaxshigina summa evaziga tark etadi.

Fabio Borini




Deyarli universal hujumchilardan biri sanalmush Borinining «Milan»dagi ishlari u qadar yurishmayapti. Yangi mavsumda atigi 2 ta uchrashuvdagina ko'rinish bergan hujumchi boshqa klubga o'tmasa, zahirada qolib ketishi turgan gap. Hozirda futbolchining agenti «Torino», «Jenoa» va «Kristal Pelas» klublari bilan muzokaralar o'tkazmoqda. Qahramonimizning o'zi «Torino» variyantida qolishni ma'qul ko'rmoqda. Voqeyalar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Frank Kessie


O'z tengdoshlari ichida jismonan baquvvatligi va maydonni yaxshi ko'ra bilishi orqali ajralib turgan yarim himoyachini «Milan» 2017-yilda xarid qilgan edi. Afsuski, janjalkash yigit Baloteli izidan borishga qaror qildi va kontraktni qo'lga kiritgach o'zini juda ham erkin qo'yib yubordi. Hozirda o'yin amaliyotisiz qolayotgan Frankning qishda jamoani tark etishi aniq bo'lib ulgurgan. 22 yoshli futbolchining Pioli bilan aloqalari yaxshi emas. Hozirda futbolchi bilan «Monako» va «Vulvurhempton» jamoalari qizish bildirmoqda. «Milan» yosh iqtidor egasini 30 milliondan kamiga sotmoqchi emas.

Kishishtof Pyontek




Afsuski, bu hujumchining transferga qo'yilish ehtimoli ham katta. Polyak katta ehtimol bilan ijara asosida boshqa klubda o'zini ko'rsatishga urunib ko'radi. «Milan» uchun 38 million evroga tushgan hujumchining yangi mavsumda transfer qiymati 25 millionga arzonlab ketdi. Bunga mavsumni omadsiz boshlagani sabab bo'lsa, ajab emas. 13 ta turning 10 ta o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushgan hujumchi atigi 3 bor gol kiritdi (2 gol penaltidan urulgan) va o'zinin to'purarlik qobiliyatini yo'qotib qo'ydi. Agarda Ibrahimovich ortga qaysa, Pyontekning asosiy tarkibdagi o'rni yo'qolishi mumkin. Shunday ekan, voqeyalar kutilmagan tomonga burilib ketishi hech gap emas.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
"Agarda kechasi tungi klubga bormasam, unda kunduzi o'yinda gol urolmayman" (c) Romario, Braziliya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 13
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™