logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:00
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Chelsi"ning taqdiri "Everton" va "Nottingem Forest"nikidan daxshatliroq bo'lishi mumkin

 23 MART, 2024, 12:24

Moliyaviy tahlilchi Xost Saymonning fikriga ko'ra, agarda "Chelsi" APL qoidalarini buzganlikda aybli deb topilsa, klubning jamg'argan ochkolaridan katta qismi olib tashlanadi. Todd Boeli 2022 yildan beri transferlar uchun 1 milliard funtdan ortiq mablag' sarfladi. Shunga qaramay, klublar APL foyda va barqarorlik kodeksiga asosan, bir yilda 105 million funtdan ortiq zarar ko'rishi mumkin emas. Aynan mana shu qoidani buzganligi uchun "Everton" va "Forest" klublaridan ochko tortib olindi.

Kelayotgan yozda klubning yirik maosh egalari bo'lgan Kepa va Lukaku jamoadan ketadi. Ularga Saudiyadan takliflar bor. Bu pul tejalishiga olib kelishi kutilmoqda. Ammo Evrokuboklarsiz qolish, jamoaning foydasiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Shunday taqdirda Boelining yozgi rejalari chipakka chiqadi. "Chelsi" tez orada qimmat hujumchi xarid qilishni ko'zlayotgan edi. Klubga qo'llaniladigan jazo "Everton" va "Forest"nikidan ancha keskin bo'ladi. Bu esa "Chelsi"ni APLda qolish masalasini kun tartibiga olib kelishi mumkin.

Ekspert bu borada shunday deydi: "Allaqachon "Chelsi"ning moliyasida yopish qiyin bo'lgan tuynuklar paydo bo'ldi. Bu tuynuk 55 million funtlik kamomad bilan boshlanadi. Garchand klub 48 million funt foyda ko'rsa ham, Evrokuboklarsiz qolish xavfi bo'lajak kirimlarga zarar etkazadi. Shu sabab 30 iyunga qadar "Chelsi" o'ziga keraksiz futbolchilarni har qanday narxlarda sotishi kerak. Agarda futbolchilar sotuvidan 200 million funtga teng foyda ko'rilmasa, keyingi yilning shu paytiga qadar "Chelsi"ni APLning eng quyi pog'onalarida ko'rishga majbur bo'lamiz".
Bu shuni anglatadiki, ko'rilgan ortiqcha zarar o'rnini zudlik bilan qoplash kerak. Aks holda, APL "Chelsi"dan ochko tortib olishi mumkin.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR