logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 14:11
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Atletiko" futbolchisi "Borussiya"ga qarshi har ikki o'yinni o'tkazib yuboradi

 8 APREL, 2024, 20:42

Hujumchi Memfis Depay bo'lajak o'yinlarda "Atletiko"ga yordam bermaydi. Dushanba kuni 30 yoshli futbolchiga chap oyog'idagi mushak jarohati tashxisi qo'yilgan.

Depayning tiklanishi uchun uch-to'rt hafta kerak bo'ladi. Shu tariqa Depay Chempionlar ligasi chorak finalida Dortmundning "Borussiya" jamoasiga qarshi har ikkala o'yinni ham o'tkazib yuboradi.

2023/2024 yilgi mavsumda Memfis Depay turli musobaqalarda 28 ta o'yin o'tkazdi. Ularda niderlandiyalik futbolchi 9 ta gol urdi va sheriklari uchun ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" – "Borussiya" o'rtasidagi Chempionlar ligasining ilk uchrashuvi 10 aprel kuni Madridda bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR