logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:07
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Fayzullaev «Bavariya», chempionlik va ro'za haqida

 16 APREL, 2024, 23:24

Abbos Fayzullaev RPL 23-turidan o'rin olgan TsSKA - «Fakel» o'yini (4:1)dagi goli va kreativ harakatlari bilan mutaxassislar-muxlislar e'tiborini yana o'zi tomon burdi birdan.

Deylik, hamyurtimiz tur ramziy terma jamoasiga kiritildi «MATCh PREM'ER» tomonidan. Alohida aytish kerak, TsSKA o'yinlariga o'zgacha chiroy bag'ishlayotgan O'zbekiston milliy jamoasi umidi shu bilan naq 5-marta tur ramziy jamoacidan joy oldi. Xullas, Rossiya OAV vakillari Abbos Fayzullaevni yana bir bora e'tirof etgan holda, uning joriy mavsumga qatarilgan vazifalari qandayligiga qiziqishdi.

- Abbos, hozirda seni muxlislarning katta guruhi qo'llab-quvvatlab, o'yinlardan keyin personal ravishda qarshi olmoqda. O'zingni yoqimtoy futbolchidek his qilyapsanmi?

- Menga muxlislik qilish asnosida olg'a boshlayotgan barchadan minnatdorman, albatta. Bu - juda yoqimli.

- Orada o'yiningda biroz pasayish kuzatildi, hozir esa hammasi o'z joyiga tushayotgandek...

- Yo'q, pasayish emas, shunchaki, ma'lum muddat tiklanish jarayonini boshdan o'tkazdim.

- Tiklanish zarurati nima bilan bog'liq?

-  O'tgan yili juda ko'p o'yinlarda qatnashdim. Juda ko'p. Biroz toliqish sezildi, jumladan, ruhiy jihatdan. Shuni inobatga olgan murabbiylar hordiq chiqarishga imkon berishdi. Mana, hozir hammasi yaxshi.

- Sendan «Bavariya» qiziqishi haqida ko'p so'rashadi. Bu borada nima deysan?

- To'g'risi, hozirda bunday gap-so'zlarga chalg'imasligim kerak. Zero, TsSKA bilan shart­nomam bor va e'tiborim shunga qaratilgan.

- Umuman, o'zingga qolsa, qaysi chempionatda o'ynashni istarding?

- Ispaniya ligasi ma'qulroq.

- Seningcha, TsSKAda hali ham chempionlik poygasiga qo'shilish imkoni bormi?

- Ha. Menimcha, 1-o'rin uchun bemalol kurasha olamiz. O'yinimiz o'xshayapti, o'ylashimcha, har bir o'yinda 3 ochkodan olsak, poygaga kirish mumkin.

- «Zenit»dan o'zib ketish mumkin, deb hisoblaysanmi?

- Har holda, urinib ko'rsa bo'ladi.

- Abbos, Ramazon oyida qiynalmadingmi?

- Bolaligimdan ro'za tutishga odatlanganman. Bu yil Ramazon oyida soat 03:30dan 19:30ga qadar ro'za tutdim. Quyosh botganidan keyin taomlanib, ko'proq suv ichdim. Ha, ba'zida mashg'ulotlar payti chanqash va holsizlik bo'ldi. Ammo iymon va e'tiqod bilan sabr qilish kerak. Allohning o'zi kuch-quvvat berdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR