LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:08
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Ernesto Valverde "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida qatnashdi (to'liq)
sana 15 Aprel, 20:58 korildi 71
"Raqibning rejalari qanday ekanligini bilmayman. Biroq jamoaning ECHLdagi natijalari barchasini aytib turibdi - MYU 4 safar o'yinining 3tasida g'alabaga erishdi. "Yuventus" va PSJga qarshi o'yinlarda MYU so'nggi daqiqalarda g'alaba golini kiritdi. Biz o'z o'yinimiz va kuchli qartalarimiz haqida o'ylashimiz kerak.Biz safarda gol ura oldik. Biroq bu hech nimani anglatmaydi. O'zimizning imkoniyatlarimiz haqida gapirgim kelmayapti. SHunchaki, MYUga o'z darvozamiz uchun zarba berishga imkoniyat qoldirmaslikka harakat qilamiz. Hech qaysi vaziyatda biz o'zimizda ustunlik borligini eslamasligimiz kerak. Bu axmoqlik bo'ladi.MYUning kuchli tomonlari ko'p. Jamoa g'oliblik ruhiga ega. Aynan maydonda biz raqibdan ustun ekanligimizni ko'rsata olishimiz kerak."Yunayted" ilk daqiqalardanoq hujumga tashlanadimi yoki yo'q, bilmayman. Ular taxminan o'tgan safar o'yinlaridagi taktikani ishlatishadi. MYUning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. SHu boisdan darvozamiz oldida yaratilayotgan barcha vaziyat golga aylanmasligi kerak. "Yunayted"ga bo'sh hudud ochib bersa, bizni jazolay oladi.Yarim finalga chiqishga intilamiz. Ammo raqib juda jiddiy. Huddi biz kabi juda kuchli. Bu erdagilarning barchasi tushunib turibdiki, yarim finalga chiqish to'sig'i anchagina zalvorli. Buni unutmaslik kerak", - dedi Valverde.

Manba: CA


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar
Brazilyalik Ronaldoning JCh-2002 finalidagi o‘ziga xos soch turmagi The Sun nashri tomonidan futbol tarixida eng yaxshisi, deb topilgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 28
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta