logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:18
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Abbosbek Fayzullaev: "Imkon qadar "Bavariya" haqida o'ylamaslikka harakat qilyapman"

 8 APREL, 2024, 19:42

Moskvaning TsSKA klubi vingeri Abbosbek Fayzullaev uni "Bavariya" bilan bog'lab turgan mish-mishlar haqidagi savolga javob berdi.

Myunxen klubi 20 yoshli futbolchini kuzatib borayotgani avvalroq xabar qilingandi.

"Men bu haqda o'ylamaslikka harakat qilaman. Mening TsSKA bilan shartnomam bor va bor e'tiborimni faqat shunga qaratganman", - dedi hamyurtimiz "RB Sport" nashriga.

Eslatib o'tamiz, futbolchi 2023 yilning avgustidan buyon TsSKA safida o'ynab kelmoqda.

Joriy mavsumda "qizil-ko'klar" tarkibida Fayzullaev barcha turnirlarni hisobga olgan holda 23ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 9ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Futbolchining TsSKA bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali Fayzullaevning narxini besh million evroga baholagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR