logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:40
KirishA'zo bo'lish
«Yuventus» sobiq prezidenti Ronalduni tanqid qildi
 26 Mart, 06:55  179

«Yuventus» klubi sobiq prezidenti Jovanni Kobolli Jili koronavirus pandemiyasi paytida Italiyani tark etgan futbolchilarni tanqid ostiga oldi.

«Hozir tanqid qilish oson, ammo chetdan qaragan kishi sifatida bu futbolchilar nima uchun Italiyani tark etganini tushunmayapman. Umid qilaman, ular tezda Turinga qaytishadi. Mashg'ulotni qayta boshlash ular uchun qiyin bo'ladi. Chunki, ular yana 14 kunlik karantin muddatini o'tashlari kerak.

Ronaldu Portugaliyaga ketganida «Yuventus»da vaziyat qiyinlashgan edi. U onasini ko'rishga ketayotganini aytgan edi, endi esa ulkan basseyn oldida toblanayotganini namoyish qilmoqda.

Ronalduga imtiyoz taqdim etilgan edi. Keyin Iguain o'z onasining oldiga yo'l oldi. Yana kimlardir u yoqqa, bu yoqqa ketdi. Vaziyat og'irlashdi. Ularning barchasi «Yuventus» ixtiyorida qolishi kerak edi. Xuddi «Inter» o'yinchilari kabi.

Men klubda tartib-intizomni saqlab turgan Janni Anelli, Umberto Anelli va Bonipertini sog'inaman. Ular sochlari o'sib ketgan futbolchilarni sochni qisqartirishga majbur qilishar edi», – dedi Kobolli Jili.

Manba: stadion.uz

 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
"O'yin unutiladi, natija esa tarixda qoladi" (c) Valeriy Lobanovskiy, murabbiy.
Bosh sahifa
Online: 0 / 26
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2020™