logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:58
KirishA'zo bo'lish
«Valensiya» bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi
 30 Iyun, 06:15  49

«Valensiya» klubi bosh murabbiy Albert Seladesni iste'foga chiqarganini e'lon qildi. Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko'ra, mavsum oxiriga qadar murabbiylik vazifasini Voro Gonsales bajaradi.

«Klub Albertga o'z ishiga bo'lgan sadoqati uchun minnatdorchilik bildiradi. So'nggi 7 mavsum ichida jamoamiz ilk marta Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga chiqdi. Biz Seladesga kelajakdagi ishlariga omad tilaymiz», — deyiladi klub tarqatgan bayonotda.

«Valensiya» Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 46 ochko to'plagan holda jadvalda 8-o'rinni egallab turibdi. Jamoa EChLga yo'llanma beruvchi o'rindan 8 ochko ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Braziliya terma jamoasi massajchisi Mario Ameriko «sariq devlar» bilan 25 yil faoliyat ko‘rsatgan. U 1950-1975 yillarda jamoa massajchisi bo‘lib ishlagan va naq 7ta mundialda (!) ishtirok etgan yagona shaxsdir.
Bosh sahifa
Online: 0 / 26
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2020™
Butsa.uz@gmail.com