LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:15
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
«So'g'diyona» – «Paxtakor». Prevyu
sana 26 Aprel, 09:34 korildi 10

"Sherlar" Superliganing 6-turida Jizzaxda "So'g'diyona" mehmoni bo'lishadi.

Chempionlar Ligasi uchrashuvidan so'ng Toshkentga chorshanba kuni ertalab qaytib kelgan jamoamiz Jizzaxdagi o'yingacha uch kun davomida mashg'ulotlarni "Jar" stadionida o'tkazdi.

"So'g'diyona" va "Paxtakor" O'zbekiston chempionatlari tarixida 46 bor to'qnash kelgan. Ularning 38tasida "Sherlar" g'alaba qozongan bo'lsa, 4tadan bellashuvda durang va jizzaxliklar zafari kuzatilgan. Raqib darvozasi 118 marta ishg'ol etilib, 37 to'p o'tkazib yuborilgan. Jizzaxdagi o'yinlarning 17tasida "Paxtakor" muvaffaqiyatga erishgan. Uch martadan esa mezbonlarning qo'li baland kelgan va durang natija qayd etilgan. Jizzaxda jamoamiz oxirgi marta 2011 yil gol o'tkazgan. 2013 yil esa 0:0 hisobida tugagan uchrashuvda "So'g'diyona" uydagi oxirgi ochkosini qo'lga kiritgan. Safardagi so'nggi 4 bahsda "Paxtakor" gol o'tkazmasdan g'alabaga erishgan.

Jamoalar tarkibida diskvalifikatsiya sababli yuzaga kelgan yo'qotishlar mavjud emas. "Paxtakor"da Sadriddin Abdullaev jarohat tufayli maydonga tusha olmaydi.

"So'g'diyona" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi bellashuv 27 aprel, shanba kuni "So'g'diyona" stadionida soat 19:35da boshlanadi.


"Paxtakor" matbuot xizmati tayyorladi.

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
Rayan Giggz faoliyatini Manchester shahrining ikkinchi klubi – «Manchester Siti»da boshlagan.
Bosh sahifa
Online: 1 / 23
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta