logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:35
KirishA'zo bo'lish
«Slovan» futbolchisi o'yin paytida hushini yo'qotdi
 8 Noyabr, 16:30  23

«Slovan» klubi futbolchisi Kenan Bayrich Evropa Ligasi doirasida «Vulverxempton» klubiga qarshi uchrashuvda jarohat oldi.

«Vulverxempton» klubi hujumchisi Raul Ximenes akrobatik tarzda to'pga zarba bermoqchi bo'ldi, ammo uning oyoqlari Bayrichning boshiga tegdi. Shundan so'ng, «Slovan» futbolchisi maydonga quladi va hushini yo'qotdi. Shifokorlar futbolchiga 10 daqiqa mobaynida yordam ko'rsatishdi, keyin uni tez tibbiy yordam mashinasida kasalxonaga olib ketishdi.

«Slovan» klubi bosh murabbiyi Yan Kozak o'yindan keyin bildirgan fikrida Bayrichga miya chayqalishi tashxisi qo'yilganini va shifokorlar nazoratida ekanini aytib o'tdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
EURO-2012 kubogi 8 kg va 60 santimetrga teng bo'lgan.
Bosh sahifa
Online: 1 / 28
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™