LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:27
KirishA'zo bo'lish
«Sherdor» va «Iftixor» jamoalariga texnik mag'lubiyat yozildi
sana 12 Iyun, 13:05 korildi 75

Bugun A Pro-liga ishtirokchi klublari 10-tur doirasidan o'rin olgan bahslarni o'tkazishadi.

Lekin shu kunga qadar ham PFL oldidagi majburiyatlarini hamon to'la bajarmay kelayotgan klublar ham yo'q emas.

Jumladan, “Sherdor” hamda “Iftixor” jamoalari badal pulini hamon to'lab ulgurgani yo'q. Professional futbol ligasi Sport musobaqalarini o'tkazish va klublarni nazorat qilish boshqarmasi yuqoridagi klublarga mazkur masalani yaqin vaqt ichida hal etish uchun ogohlantirish xati yuborgan edi. Biroq klublar tomonidan zarur harakatlar amalga oshirilmadi. 

Shu sababdan “Istiqlol” – “Sherdor” uchrashuvida Samarqand klubiga texnik mag'lubiyat yozildi. Shuningdek, “Oq-tepa” – “Iftixor” o'yinida Oltiariq jamoasiga texnik mag'lubiyat yozildi. 

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
"Jahon chempionatida 3 marotaba penaltilar seriyasida yutqazganman. Men bu haqida gapirganimda asabim chiqishini aytsam bunga qarshilik qilmaysizmi?" (c) Roberto Badjo, Italiya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 32
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta