logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:04
KirishA'zo bo'lish
«Real Sosedad» bosh murabbiyi: «Barselona»ni qanday mag'lub etishni bilamiz»
  13 Yanvar, 22:25  27

.

«Real Sosedad» bosh murabbiyi Imanol Alguasil «Barselona»ga qarshi bo'lib o'tadigan Ispaniya superkubogi bahsi oldidan o'z fikrini bildirib o'tdi.

«Jamoadagi motivatsiya yuqori. Men ham juda ruhlanganman. Menda motivatsiya yuqori bo'lganida, hissiyotlarimni yashira olmayman. O'zaro suhbatda o'yinchilarni ruhlantirdim.

Ko'pchilik «Barsa», «Real» yoki «Atletik»ni favorit deb hisoblaydi. Ammo «Real Sosedad» o'ynaganda, mening jamoam men uchun favorit. Agar men o'z jamoamni favorit deya hisoblamasam, g'alaba qozonishning imkoni yo'q.

«Barselona» bilan qanday o'ynash kerak? Messi istalgan paytda paydo bo'lishi mumkin, lekin ularning safida Lioneldan boshqa a'lo darajadagi o'yinchilar bor. Yangi murabbiy, yangi tizim. Ammo so'nggi uchrashuvlarda ularda natija ko'rsata boshlashdi.

Ular ko'p jihatdan yaxshiroq bo'lsalar-da, ularni mag'lub etishimiz mumkinligini bilamiz. G'alaba uchun nima kerakligini bilamiz. Maydonga qo'rquvsiz chiqamiz», – dedi Alguasil.

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Bosh sahifa
Online: 0 / 21
Foydalanuvchi qoidalari