logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:46
KirishA'zo bo'lish
«Real Madrid» Serxio bilan xayrlashdi
 29 Iyul, 05:51  387

Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Regilon "qirollik klubi"ni tark etishi mumkin. Bu haqda AS nashri yozmoqda.

"Qaymoqranglilar" yozgi transfer oynasida futbolchilar sotuvidan taxminan 100 million evro ishlab olmoqchi. Regilon ham jamoani tark etishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatida. 

"Real Madrid" ispaniyalik himoyachini yaxshigina narxga sotishiga ishonmoqda. Regilon ijara asosida harakat qilgan "Sevilya"da yaxshi mavsum o'tkazdi.

Ma'lumot uchun, 2019/20 yilgi mavsumda himoyachi 34ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va 4ta golga assistentlik qilgan. Avvalroq, himoyachiga PSJ qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Manba: stadion.uz

 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Kot’d Ivuarning “ASEC Abidjan” klubi futbolchilari 1989 yildan 1994-yilgacha o’tkazilgan 108 bahsda raqib darvozasiga birorta ham to’p kirita olishmagan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 30
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2020™
Butsa.uz@gmail.com