LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:20
KirishA'zo bo'lish
«Real Madrid» ishonmagan Yulduzlar
sana 10 Aprel, 12:15 korildi 717

Hech kimga sir emas, «Qirollik» klubi istalgan futbolchini harid qilishga qurbi etadigan jamoa. Aynan katta trasnferlarga suyanadigan klub o'z akademiyasi bituruvchilariga har doim ham ishonavermaydi. Bugun ana shunday ichonch bildirilmagan futbolchilar haqida.

Samyuel Eto'o


Eto'o deganda hammaning ko'z oldiga  «Barselona» libosidagi futbolchi kelishi aniq. Shunday bo'lsada, Samyuel Ispaniyadagi karierasini «Real Madrid»da boshlagan. U 16 yoshida «Kastiliya» safiga kelib qo'shiladi. Afsuski, uning yangi jamoasi Ispaniyaning 3-dvizioniga tushib ketadi. U erda esa faqat Evropa fuqaroligiga ega futbolchilar to'p surishi mumkinligi sababli, «Real Madrid» uni «Espaniol»ga ijaraga berib yuboradi. Del Boske uni bir necha bor maydonga tushirgan bo'lsada, Samyuel Marientes, Raul, Anelka singari hujumchilari bor jamoadan joy olish naqadar qiyin ekanligini his qiladi.Shu tariqa  4,5 million evaziga “Malyorka “safiga o'tib ketgan Kamerunlik futbolchi u erda 4 ta ajoyib mavsumlarni o'tkazdi. Yuzdan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan Samuel 66 ta gol bilan klub muxlislari yodida qoladi. Keyin «Barselona» uni 27 million evro evaziga harid qiladi. Uyog'iga esa g'alabali onlar boshlanadi…

Pablo Sarabia


Hozirda «La Liga»da yorqin o'yinlar ko'rsatayotgan «Sevilya» futbolchisi aslida «Real Madrid» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U 11 yoshidan boshlab «qirollik» klubi akademiyasida tahsil olishni boshlaydi. 18 yoshida esa YChL doirasida kimsan Ronalduning o'rniga maydonga tushadi. Keyinchalik, klub yangi harid qilingan futbolchilar sababli unga asosiy tarkibdan joy topib bera olmay qoladi. Oqibatda, futbolchi «Hetafe» klubiga o'tib ketadi. 5 ta ajoyib mavsumdan so'ng uni «Sevilya» harid qiladi. Yangi jamoada futbolchi 2 mavsumda 25 ta gol va 22 ta assist bilan muxlislar va murabbiylar ishonchini to'liq oqlaydi. Hozirda uning «Real Madrid» tomonidan qayta sotib olinishi borasida mish-mishlar ko'paymoqda. Agar Isko o'z darajasiga chiqa olmasa, Sarabianing «Real Madrid»ga qaytishi haqiqatga ancha yaqinlashib qoladi. «Sevilya» uni atigi 1 millionga harid qilgan edi. Hozirda futbolchining narxi 40 million atrofida baholanmoqda.

Pacheko


Hozirda «Real Madrid»da darvozabonlar bilan muammolar ko'payib bormoqda. Kurtua mavsumni ishonchsiz o'tkazmoqda. Navas esa zahirada ko'p o'tirgani uchun o'yin amaliyotiga ega emas. Bu orada Zizuning o'g'li ham ko'rinish bera boshladi. Agarda «Real Madrid» 2015-yilda Daniel Pachekoni tekinga «Alavez»ga qo'yib yubormaganida, hozir ajoyib darvozabonga ega bo'lgan bo'lar edi. Gap shundaki, Pacheko «Alavez»ni «Segunda»dan «Primero»ga olib chiqdi va hozirda Evro kuboklarda ishtirok etuvchi o'rinlar uchun kurash olib bormoqda. Anchagina jiddiy va sovuqqon darvozabon allaqachon yangi jamoasi tarkibida 30 dan ortiq quruq uchrashuvlar o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. Hozirda u o'z klubining eng qimmat futbolchisi sanaladi.Xuan Mata


Xuan Mata klub akademiyasiga 13 yoshida keladi va 5 yil «Real Madrid»ning ikkinchi tarkibi sharafini himoya qiladi. Eng achinarlisi, Mataga klub asosiy tarkibda bir daqiqa maydonga tushishga ham imkoniyat bermaydi. Mata esa 2007-yilda «Valensiya» tarkibiga o'tib ketadi. O'zining debyut mavsumidayoq fantasktik o'yinlar ko'prsatgan futbolchi jamoasining Ispaniya kubogini qo'lga kiritishi uchun katta yordam beradi. O'sha yili Villa, Silva, Mata uchligi butun Evropani o'ziga qaratgan edi. Ko'p o'tmay, bu uchlik grand klublar tomonidan talab ketildi. Mata faoliyatini «Chelsi»da davom ettirgan futbolchi, deyarli, barcha turnirlarda g'olib chiqqan kam sonli futbolchilardan biriga aylandi.

Markos Alonsa


Deyarli butun yoshligi «Kastiliya»da o'tgan Markosga asosiy tarkibda o'zini ko'rsatish uchun atigi 1 daqiqagina beriladi. Himoyachi omadini sinab korish uchun 2010-yilda APL ga yo'l oladi. «Bolton», «Sanderlend» singari klublarda o'z o'rnini topa olmagan futbolchi faoliyatini «A seriya»da davom ettirish maqsadida Italiyaga yo'l oladi. Uzoq kutilgan omad unga «Fiorentina» klubi safida kulib boqadi.  Ajoyib o'yinlari evaziga grandlarning e'tiborini tortgan futbolchini «Chelsi» harid qiladi va uni yulduz darajasiga olib chiqadi. Ayniqsa, Konte davrida Alonso fantastik mavsumlarni o'tkazadi. Hozirda futbolchi klubining almashtirib bo'lmas futbolchisi sanaladi.

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
"O'yin unutiladi, natija esa tarixda qoladi" (c) Valeriy Lobanovskiy, murabbiy.
Bosh sahifa
Online: 0 / 15
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta