logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:54
KirishA'zo bo'lish
«Real»dan o'zgacha rokirovka
 16 Noyabr, 01:41  337

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Anchelotti ishga kirishdi

Liverpulning «Everton» jamoasi bosh murabbiyi – Karlo Anchelotti qishki transfer oynasi chog'ida «Napoli» yarim himoyachisi Fabian Ruisni tarkibga qo'shib olmoqchi.

Goal nashrining ma'lum qilishicha, Karlo ushbu transferni amalga oshirishni yozda istagan, biroq bunga «Napoli» ko'nmagan edi.

Manbaning ma'lum qilishicha, Ruisning o'zi APLga o'tishga qarshi emas. Hatto, futbolchi Karlo bilan shaxsiy shartnoma borasida muzokaralarga ham kirishib ketgan.

«Real»dan o'zgacha rokirovka

Madridning «Real» jamoasi Eden Azarning tinimsiz jarohatlaridan charchadi.

Don Balon nashrining ma'lum qilishicha, «qirollik klubi» tez orada «Siti» bilan futbolchi almashtirish borasida muzokaralarga kirishadi. Manbaning ma'lum qilishicha, klub YChLda zafar quchishni orzu qilayotgan Kevin De Bryuyneni qo'lga kiritish maqsadida «shaharliklar»ga Eden Azarning xizmatlarini taklif qilmoqchi.

Ma'lumotlarga qaraganda, Madrid klubi yarim himoyada tez orada paydo bo'lishi aniq bo'lgan yoriqlarni aynan Kevinning yordamida berkitmoqchi.

«Inter» ham rokirovka qiladimi?

Milanning «Inter» jamoasi ham Kristian Eriksonning xizmatlariga ortiq ehtiyoj sezmayapti.

“Todofichajes" nashrining ma'lum qilishicha, jamoa Eriksonni PSJga taklif qilmoqchi va uning o'rniga Leandro Paredesni qo'lga kiritmoqchi.

Manbaning ma'lum qilishicha, agar qishda daniyalik futbolchi borasida hech qanday taklif kelib tushmasa, «Inter» ushbu rokirovkaga murojaat etadi.

Jerrard ishga kirishdi

Shotlandiyaning «Glazgo Reynjars» jamoasi ustozi – Stiven Jerrard qishda tarkibga «Norvich» yarim himoyachisi   Kenni MakKlinni qo'shib olmoqchi.

Shotland klubi yozda ham murabbiyning talabiga binoan «Norvich»ga taklif yuborgan edi, biroq klub o'z etakchisini jamoada olib qolishni afzal ko'rgan edi.

28 yoshli futbolchining o'zi esa, voqealar rivoji haqida fikr bildirmayapti. Ma'lumotlarga qaraganda, «Glazgo» qishda ushbu transferni amalga oshirishga yana bir bor urinib ko'radi.

«Napoli» qaror qildi

Italiyaning «Napoli» jamoasi transfer huquqi «Chelsi»ga tegishli bo'lgan Temmi Bakayoko bilan shartnoma imzolamoqchi.

Ayni damda, ijara asosida «Napoli» sharafini himoya qilayotgan futbolchining o'yinlaridan rahbariyat qoniqish hosil qilmoqda. Shu bois, qishda «Chelsi»ga 20 million evro taklif etmoqchi.

Eslatib o'tamiz, futbolchining o'zi ham ortga qaytishni istamayapti.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Fernando Torres 19 yoshidayoq «Atletiko» sardori bo‘lgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 36
Foydalanuvchi qoidalari
most
© BUTSA.NET, 2018–2020™
Контакты