logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:00
KirishA'zo bo'lish
«Real» o'rtoqlik o'yinida «Xetafe»ga javobsiz 6 ta gol urdi, Karim Benzemadan poker
 16 Sentyabr, 07:10  108

Madridning «Real» jamoasi 15 sentyabr, seshanba kuni «Xetafe»ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

«Alfredo di Stefano» stadionida bo'lib o'tgan bahsda «qaymoqranglilar» 6:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi.

"Marca" nashrining xabar qilishicha, uchrashuv yopiq tizimda o'tkazilgan. «Real» hujumchisi Karim Benzema uchrashuvda poker qayd etgan bo'lsa, jamoa sardori Serxio Ramos va yoshlar tarkibi vakili Serxio Arribasa bittadan gol muallifiga aylandi.

Bu Zayniddin Zidan jamoasi uchun La Liga 2020/21 yilgi mavsumi oldidan so'nggi nazorat uchrashuvi bo'ldi. Jamoa 20 sentyabr kuni «Real Sosedad»ga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o'tamiz, «Real» 2019/20 yilgi mavsumda Ispaniya chempioniga aylangandi.

Manba: stadion.uz

 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
JCH-2014 vaqtida dunyo bo'ylab 167 nafar odam Luis Suaresning kimnidir tishlab olishiga 175 nisbatda pul tikkan ekan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 22
Foydalanuvchi qoidalari
most
© BUTSA.NET, 2018–2020™
butsa.uz@gmail.com