logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:55
KirishA'zo bo'lish
«Real» futbolchisi «Inter»ga o'tadigan bo'ldi
 28 Iyun, 01:05  316

«Borussiya D» safida ijara asosida to'p surayotgan «Real» himoyachisi Ashraf Hakimiy faoliyatini «Inter»da davom ettiradi.

Italiyalik jurnalist Janluka di Martsioning xabar qilishicha, tomonlar kelishuvga yaqin turibdi. Milanliklar transfer uchun 40 million evro sarflaydi. Shuningdek, 5 million evro bonus ham nazarda tutilgan. Muzokaralar hali poyoniga etmagan, ta'kidlanishicha, 27 iyun hal qiluvchi kun bo'ladi.

Manbada aytilishicha, marokashlik futbolchiga «Manchester Siti» va «Bavariya»dan ham qiziqish bo'lgan. Ikki klub ham futbolchi uchun 60 million evrodan voz kechishga va Hakimiyning o'ziga yiliga 5 milliondan ortiq maosh to'lashga rozi bo'lgan. Biroq Ashrafning o'zi «Inter» variantini tanlagan.

Bild nashri jurnalisti «Bavariya» Hakimiyga ko'proq maosh taklif qilgani haqidagi xabarni inkor qilgan.

Hakimiy Bundesliga joriy mavsumida 32 o'yin o'tkazib, beshta gol va 10 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Manba: stadion.uz

 Fikrlar
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
1930-yilgi mundialda Urugvay terma jamoasi safida bir qo‘lli futbolchi Ektor Kastro harakat qilgan. Bundan tashqari u ana shu chempionatning so‘ngi goliga mualliflik qilgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 23
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2020™
Butsa.uz@gmail.com