logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:36
KirishA'zo bo'lish
«Oltin to'p»ga kim loyiq? Zidan javob berdi
 1 Dekabr, 22:05  414

Tez orada barchani qiziqtirgan savol o'z javobini oladi. G'oliblik uchun da'vogarlik qilayotgan 3 ta nomzodning o'ziga hos ustunliklar mavjud. Xo'sh, murabbiy va futbolchilarning fikricha sovringa kim loyiq? Bugun e'tiboringizga ushbu mavzuda ular tomonidan berilgan intervyularni taqdim etamiz.

Pep Gvardiola

Ular avvaliga «oltin to'p»ni Messiga topshirishadi, so'ng VAR yordamida vaziyatni qayta ko'rib chiqishadb va sovrinni Virjil van Deykka olib berishadi.

Rivaldo

Agar yil so'nggida Messi «oltin to'p»ni qo'lga kiritsa, bu adolatdan bo'ladi. Shunday bo'lsada, sovrin qaysi omillarga tayangan xolda g'olibni aniqlashini bilmaymiz. Shunday ekan, g'olib nomi yangramaguniga qadar sabr qilishimiz shart.

Levandovskiy

Men uchun bu savolning hech qanday ahamiyati yo'q. Biz birinchi navbatda EChL va Bundesligada g'olib chiqishni uddalash haqida bosh qotirishimiz shart. Ana undan keyin bu mavzudagi savollarga javob bersak, o'rinli bo'ladi. Menga qolsa, Mbappe yoki Virjildan biri sovringa loyiq. Ular ajoyib futbolchilar. Boz ustiga, Mbappening yoshi inobatga olinsa, uning imkoniyatlari yanada ortgan bo'lar edi.

Hummels

Biz bugungi uchruvda Messini yopib tashlash qo'limizdan kelmadi. Aynan shuning uchun ham bugun mag'lubiyatga uchradik. U hozirda ajoyib formada. U men ko'rgan futbolchilar ichida eng kuchlisi. Menimcha «oltin to'p»ga aynan u loyiq.

Yurgen Klopp

Agarda hozirgi avlodning eng kuchli futbolchisiga «oltin to'p»ni berish lozim bo'lsa, Messi bunga haqli. Agarda o'tgan mavsumni eng ko'tarinki ruhda o'tkazgan futbolchiga berish lozim bo'lsa, Virjil van Deyk haqliroq. Vaziyat qanday ko'rinish olishini bilmayman, biroq so'zlarim rost ekanligini barcha ich-ichidan sezib turibdi.

Serhio Ramos

Shaxsiy sovrinlar borasida kimnidir alohida ko'rsatish juda mushkul. Van Deyk ajoyim himoyachi va u zo'r mavsumni o'tkazdi. Bu darajaga ko'tarilishi uchun qancha mehnat qilishiga to'gri kelganini tasavvur qilish ham mushkul. Odamlar Messi va Ronaldu o'rtasidagi uzoq yillik tortishuvdan charchagani aniq. Agarda, Virjil sovrinni qo'lga kiritsa, vaziyat tubdan boshqa tomonga buruladi. To'g'ri, Messida ham imkoniyat mavjudligini unutmaslik lozim. Shunga qaramay, Krish va Messidan boshqa futbolchida g'oliblik uchun imkoniyat mavjudligi juda yoqimli xolat. Bundan avvalgi yillarda ushbu sovringa bu yigitlar singari loyiq bo'lsada, etisha olmagan ko'plab futbolchilar mavjudligi hech kimga sir emas. Futbol jamoaviy o'yin va shaxsiy sovrinlarni qo'lga kiriish uchun katta sovrinlarni qo'lga kiritish lozim. Virjil bu so'rovnomada g'olib chiqsa, barchamiz uni g'alaba bilan tabriklashimiz lozim.

Mbappe

Vaziyatga to'g'ri baho berish kerak. Men o'tgan mavsumda aytarli hech narsani uddalay olganim yo'q. Shuning uchun kuchli uchlikta yoqman. Messi va Ronaldu fantastik mavsumni o'tkazdi, biroq EChLda g'olib chiqishni uddalay olmadi. Virjil ham ulardan qolishmagan mavsumni o'tkazdi va EChLda g'olib chiqdi. Shunday ekan, Virjil bu sovringa barchadan loyiqroq.

Zidan

Bu sovrinni «Real Madrid» futbolchisi qo'lga kiritmasligi kundek ravshan. Shunday bo'lsada, bu sovrinni «qirollik klubi»ning sobiq futbolchisi qo'lga kiritishi mumkin. Agarda Ronaldu «oltin to'p»ga loyiq topilsa, bu bizning jamoani juda quvontirgan bo'lar edi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
 Fikrlar
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
"Men futbolni aql bilan emas, qaynoq yurak bilan o'ynayman. Men maydonda o'ylamayman, harakat qilaman" (c) Teri Anri, Franciya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 18
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™