logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:20
KirishA'zo bo'lish
«Navbahor» ilk o'rtoqlik bahsida g'alaba qozondi
  13 Yanvar, 22:45  37

.

Bugun Namangan shahridagi “Yosh kuch” stadionida "Navbahor" klubi bu yilgi ilk o'rtoqlik bahsini Andijonning “Andijon” jamoasiga qarshi o'tkazdi.

"Navbahor" murabbiylari mazkur o'rtoqlik uchrashuvining 1-bo'limida tajribali futbolchilarni maydonga tushirishgan bo'lsa, 2-bo'limda bir qator yoshlar, shuningdek, ko'rikdan o'tayotgan o'yinchilarni tushirishdi.

Mazkur o'yinni Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov ham bevosita stadion tribunasida kuzatdi.

Uchrashuv borasida to'xtaladigan bo'lsak, o'yin ancha keskin kurashlar ostida kechdi. Birinchi bo'limda tashabbus ko'proq mezbonlar tarafida bo'lsa-da, hujumlar yakuniga etmadi.

Tanaffusdan keyin har ikki jamoa a'zolari qiziqarli o'yin namoyish etishdi. Uchrashuvdagi yagona gol 89-daqiqada urildi. O'sha vaziyatda Sherzod G'ulomjonov burchak zarbasini amalga oshirib, to'pni raqib jarima maydonchasi ichiga etkazib berdi. Orif Yusupov to'pni boshi bilan andijonliklar darvozasiga aniq yo'llab, hisobni ochdi – 1:0. Mazkur gol esa “lochinlar”ga g'alaba keltirdi.   

“Navbahor” navbatdagi nazorat-sinov bahsini yana “Andijon”ga qarshi 16 yanvar kuni o'tkazadi.

O'rtoqlik bahsi
“Navbahor” – “Andijon” – 1:0 (0:0)
Namangan. “Yosh kuch” stadioni. 150 tomoshabin.
Hakamlar: G'ayrat Jo'raev, Maksim Nexochin, Abdurahim Jabborov.
Gol: O.Yusupov (89).
“Navbahor”: O'tkir Yusupov, Ehsoni Panshanbe, Azimjon Ahmedov, Ivan Solovyov, Azizbek Turg'unboev, Sardor Telyakov, Mirzohid G'ofurov, Davronbek Hoshimov, Igor Golban, Islom Rashidxonov, Zabihillo O'rinboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Islomxon Abdullaxonov, Ulug'bek Egamberdiev, Sherzod G'ulomjonov, Samuel Ilie, Mirzohid Mirzamahmudov, Xushnudbek Avilov, Farhod Mirahmatov, Shahzodbek Hamidov, Bobur Mamajonov, Abdulhay Ismoilov, Jamoliddin Bahromov, Komil Tojiddinov, Doston Abdulahaev, Orif Yusupov, Abbos G'ulomov, Husayn Ergashboev.
“Andijon” (boshlang'ich tarkib): Jasur Umirzoqov, Mirkomil Lokaev, Kamron Najafaliev, Usmonali Ismonaliev, Abduvohid G'ulomov, Baxtiyor Qosimov, Muhammadkarim Toirov, Kamron Saidazimov, Farhod Sohibjonov, Sunnatilla Mamadaliev, Jamshid Homidov.        

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Bosh sahifa
Online: 0 / 21
Foydalanuvchi qoidalari