logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:23
KirishA'zo bo'lish
«Monako» Ikardi uchun kurashga kirishdi
 13 Avgust, 18:45  136

"Monako" futbolchini sotib olishga tayyor.

Sky Sports Italia xabariga ko'ra, "Inter"ning sobiq sardori Mauro Ikardi faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

"Monako" 26 yoshli argentinalik futbolchiga shartnoma taklif qilgan.

Avvalroq, futbolchi uchun "Roma" va "Napoli" jamoalari da'vogarlik qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda Mauro "A" Seriyada 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va 4 ta gollik uzatma amalga oshirgan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Xulio Iglesias yoshligida futbol darvozaboni bo'lgan va Madridning “Real” klubi uchun o'ynagan. Biroq, 20 yoshida avariyaga tushib, kasalxonada 3 yil yotganidan keyin uning futboldagi karerasi yakuniga yetgan. U falaj bo'lib qolgan va faqatgina qo'llarini ishlata olgan. Iglesias gitara chalishni o'rganib, keyinchalik mashhur ijrochiga aylangan.
Bosh sahifa
Online: 1 / 36
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™