logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:25
KirishA'zo bo'lish
«Liverpul» futbolchilari vaqt kapsulasi ichiga nimalar solishdi
 21 Noyabr, 02:51  132

Stadion.uz «Liverpul» jamoasi futbolchilari tomonidan amalga oshirilgan noodatiy ish haqida fikr almashadi.

Xalqaro o'yinlar sababli pauza olgan «Liverpul» vaqtdan unumli foydalanadi. Jamoa butun faoliyati davomida mashg'ulotlar o'tkazgan «Melvud» 70 yil davomida foydalanish maqsadida turar joy qurilish kompaniyalariga sotib yuborildi. Klub esa, Kirkbidagi yangi bazaga ko'chib o'tdi.

«Liverpul» jamoasi futbolchilari va murabbiylar Kirkbiga ko'chib o'tgach, vaqt kapsulasini erga ko'mishdi. Ushbu kapsula er ostida 50 yil yotadi. Yarim asrdan so'ng ushbu kapsula ochiladi va uning ichidagi buyumlar yangi avlod muxlislariga sovg'a qilinadi.

Bu kapsula ichida nima bor ekanligi katta savol ostida qolishi mumkin edi, biroq klubning You Tube tarmog'i vaziyatga bir muncha oydinlik kiritib o'tdi. Ushbu kanalda kapsulaning ichida nima bor ekanligi, yangi avlodga qanday esdalik sovg'alar mavjudligi haqida ko'rsatuvni suratga oldi.

Xo'sh, kapsulada nimalar mavjud? Birinchilardan bo'lib Yurgen Klopp kelajak avlod uchun o'z sovg'asini taqdim etdi. Murabbiy o'zi foydalanuvchi ko'z oynakni kapsula ichiga soldi.


Shuningdek, Virjil Van Deyk o'z butsalaridan birini sovg'a tariqasida kapsulaga joylashtirdi. Shuningdek, ushbu kapsuladan jamoa Madridda EChLda zafar quchgan libos ham o'rin egalladi.

"AXA" kompaniyasi mana bir necha yillardan beri "Liverpul"ning mashg'ulotlardagi liboslarida o'z brendini reklama qilib kelmoqda. Aynan ular ham o'z fikrlari tushirilgan liboslarni kapsulga joylashtirishdi.


«Mashg'ulotlar - g'alabaning kaliti sanaladi. Biz "Liverpul"ning mashg'ulotlardagi liboslarini etkazib beruvchi hamkori ekanligimizdan faxrlanamiz. Biz bu hamkorlikni yangi darajaga olib chiqishdan umidvormiz. Barcha g'alabalarga maydon tashqarisidagi ko'nikmalar sababli. Aniq bilaman, sizlar eplaysizlar!"


Shuningdek, butun jamoa bo'lib tushilgan umumiy surat ham kapsuladan o'rin egalladi. Ushbu suratda deyarli barcha «Liverpul» akademiyasi a'zolari ham aks etgan. Shuningdek, 1 yanvar sanasiga qadar klub safida ishlagan va chempionlik uchun o'z hissasi qo'shganlar nomi tushirilgan liboslar.

Shuningdek, kapsuladan joy olgan boshqa predmetlar bilan tanishing:

- Muxlislar tomonidan joylangan sharf. Ushbu sharf 1906 yildagi voqealarni o'zida aks ettirgan.


- Jamoaning yangi bazasi xaritasida va chizmasi tushirilgan surat.

- «Melvud»dagi hayot aks etgan voqealarni o'z ichiga olgan badiiy kitob.

- «Liverpul» klubining ayollar jamoasi ham bu kapsulaga o'zidan nimadir qoldirishga urundi. Qizlar jamoasining bosh murabbiyi - Viki Jepson kelajak avlod uchun kattagina xat yozdi va uni kapsula ichiga joyladi.


- Shuningdek, klub egasi Maykl Edvardsning videomurojaati ham mavjud. Ushbu inson intervyulardan qochib yurishi bilan ommaga mashhur. Uning nimalar haqida fikr bildirganini esa, endi 50 yildan so'nggina bilib olishimiz mumkin.

- Eng ta'sirlisi shundaki, kelajak uchun «Liverpul» afsonalari orasida Dalglish, Oldrija va Rashlar ham video tayyorlashgan. Ularning nimalar haqida so'zlagani ham hozircha katta jumboq bo'lib turibdi. 50 yildan so'ng, jamoa himoyachi Trend Aleksander Arnold ularning yoshiga etgan bo'ladi.


- Videomurojaatlar orasida Yurgen Klopp va Jordan Hendersonning aytgan so'zlari ko'pchilikning e'tiborini tortdi. Nemis mutaxassisi so'zlagan qaynoq nutqdan bir parcha keltirib o'tamiz.


"2020 yil o'zgachaligi bilan ajralib turadi. Biz APLda g'alaba qozondik. Bu o'zgacha daqiqalar edi. Umid qilamanki, bu kapsulani ochganingizda biz bundan ham ko'proq sovrinlarni egasi bo'lgan bo'lamiz, biroq bir narsa doim abadiy qoladi! U ham bo'lsa, Youʼll Never Walk Alone"

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
"Men futbolni aql bilan emas, qaynoq yurak bilan o'ynayman. Men maydonda o'ylamayman, harakat qilaman" (c) Teri Anri
Bosh sahifa
Online: 0 / 27
Foydalanuvchi qoidalari
most
© BUTSA.NET, 2018–2020™
Контакты