2 dekabr, chorshanba kuni Chempionlar ligasi 5-turidan o'rin olgan «Ferentsvarosh» — «Barselona» o'yini bo'lib o'tdi va unda kataloniyaliklar 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Uchrashuvning 28-daqiqasida Usmon Dembele penaltidan unumli foydalanib, jamoasining uchinchi to'pini kiritdi. Shu tariqa, "ko'k-anorranglilar" EChL guruh bosqichining dastlabki 5ta o'yinida penalti tepgan ilk jamoaga aylanishdi.
Dastlabki 3ta penaltini jamoa sardori Lionel Messi tepgan bo'lsa, Martin Breytueyt bir marta 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalandi.
Manba: stadion.uz