LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:03
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
«Ayaks» yozda talon-taroj bo'ladimi?
sana 20 Aprel, 20:27 korildi 751

Hozirda o'z o'yini bilan hammani e'tiborini o'ziga qaratgan Gollandiya klubi futbolchilari grand klublar nishonida turibdi. Katta ehtimol bilan futbolchilar yozda top klublar safiga borib qo'shilishi kutilmoqda.

Mattias De Ligt

19 yosh bo'lishiga qaramasdan klub safida 100 dan ortiq uchrashuv o'tkazgan futbolchining haridori ko'p. Uning taxminiy qiymati 75 million atrofida baholanmoqda. Shunga qaramasdan, top klublar uni qo'lga kiritish uchun bundanda ko'proq pul berishga tayyor turishibdi. Mattias uchun kurash asosan «Barselona», «Liverpul», «Manchester Yunayted» klublari o'rtasida kechadiganga o'xshamoqda. Futbolchining o'zi «Barsa» safida o'ynashga qarshi emas. Uni Kataloniyada Pikening o'rinbosari sifatida ko'rishmoqda.

Karim Ziech (Ziyex)

Marokashlik futbolchiga o'tgan mavsumda «Everton» va «Roma» klublari katta qiziqish bildirgan edi. Bu mavsum ular futbolchi uchun kurashga kirishmasligi aniq. Sababi, unga shaxsan «PSJ» va «Real Madrid»dan «Sovchilar» kelgan. «Miror» nashri tarqatgan ma'lumotlarga qaraganda, shaxsan Zidanning o'zi uni «Qaymoqranglilar» safida ko'rmoqchi. Uning ajoyib texnikasi va maydonni ko'ra olishi ko'plab grand klublarning oromini o'g'irlagani hech kimga sir emas. Karimning o'zi ham klubda uzoq qolmasligini ko'p bor o'z intervyularida aytib o'tdi. Hozirning o'zida futbolchining qiymati 45 million evroni tashkil etmoqda. Agarda «Ayaks» EChLda g'olib bo'lsa, bu summa yanada kattaroq ko'rinish olishi mumkin.


Van de Beek

Jamoadoshlari orasida porlab turmasada, maydonda juda katta hajmdagi ishni amalga oshirayotgan futbolchi «Tottenhem» e'tiborida turibdi deb yozmoqda «Daili Maili» nashri. Darhaqiqat, ko'rimsiz yigitning maydondagi xatti-harakatlari ko'plab mutaxassislarning e'tiborini o'ziga qaratmoqda. Futbolchining jismoniy va ruhiy xolati istalgan chempionatga moslashib ketish imkonini beradi.

Andre Onana

«Barselona» tarbiyalanuvchisi sanaladigan darvozabon bir necha yillar avval Kataloniyadan ketishga majbur bo'lgan edi. «Ayaks» Jasper Sillisenni kataloniyaliklarga sotib yuborgach, Onanani tarkibga qo'shib olishgani ko'pchilikka sir emas. Ayni damda «Barsa» Sillesinni transfer summasini kamaytirib bo'lsa ham sotib yubormoqchi. Onanani esa, ikkinchi raqamli darvozabon sifatida ko'rishmoqda. Futbolchining o'zi esa «Barselona»ga qaytishni xohlamayapti. Ko'ramiz, voqealar rivoji qanday tus olar ekan?


Nikolas Talyafiko

Asosan yoshlarga suyanadigan klub argentinalik futbolchini harid qilganida ko'plab muxlislar hayron qolishgan edi. Shunga qaramasdan futbolchi o'z ustida ishlashda davom etdi va sezilarli darajada o'yinini kuchaytirishga muvaffaq bo'ldi. Futbolchi bilan hozirda «PSJ» va «Manchester Yunayted» qiziqib qolgan. «Ayaks» uni sotib yuborishga qarshi emas. Futbolchining o'zi esa  APLda o'zini sinab ko'rmoqchi ekanligini yashirib o'tirmayapti.


Neres

Braziliyalik iqtidor o'z Vatanida atigi 6 oy to'p  surmasdan turib «Ayaks»  klubi tomonidan harid qilingan edi. Bu harid o'zini to'liq oqladi deb bemalol ayta olamiz. Hozirda futbolchi bilan «Manchester Siti», «PSJ», «Manchester Yunayted», «Liverpul» singari klublar shartnoma tuzish orzusida yurishibdi. Braziliyaliklar bir klubda uzoq qolmasligini inobatga olsak, bu futbolchini hademay top klublarda ko'rsak, ajab emas. Uning qanotlardagi reydlari  va o'yinni o'ziga olishi ko'plab mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda. Uning transfer summasi ham 50 million evro atrofida ekanligi top klublarni yanada qiziqtirib qo'ydi. Markaziy himoyachilar 65 millionga baholanayotgan bir paytda kelajagi porloq hujumchini bunday narxda kim ham harid qilmaydi deysiz?

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
Boshida "Liverpul"ning nomi "Everton Atletik" bo'lgan, keyin esa bitta shaharga ikkita "Everton" bo'lishini istashmagan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 49
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta