LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:28
KirishA'zo bo'lish
«Andijon» - «Metallurg»: Prevyu!
sana 12 Iyun, 11:05 korildi 50

Milliy birinchiligimiz tashkil etilganidan buyon hali biror marotaba ham quyi ligaga tushib ketmagan Bekobodning “Metallurg” klubi yurtimizda yuqori divizionda ishtirok etib kelayotgan kam sonli jamoalarizdan biri hisoblanadi.

16 iyun kuni “Andijon” jamoasi “Coca Cola” Superligasining 12-turini Andijon shahridagi “Sog'lom Avlod” stadionida Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Klub matbuot xizmati o'z an'anasiga sodiq qolgan holda, jamoalarning shu kungacha o'tkazgan o'zaro uchrashuvlari tarixi bilan sizlarni tanishtirib o'tadi.

“Andijon” hamda “Metallurg” jamoalari shu kungacha o'zaro 34 marotaba bahs olib borishgan. O'tkazilgan uchrashuvlarning 14 tasida bekobodliklar zafar quchgan bo'lsalar, 11 uchrashuvda “Andijon” jamoasining qo'li baland kelgan. 9 ta uchrashuvda esa tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan.

“Metallurg” jamoasi “Andijon” darvozasi tomon 59 marotaba yo'l topgan bo'lsa, “Andijon” esa raqibi darvozabonlarini 51 marotaba “hafa” qilishga erishgan.

“Andijon” jamoasi “Metallurg” ustidan 3:0, 4:1 hisobida yirik hisoblarda g'alaba qozongan, “Metallurg” esa 5:1 hisobida yirik hisobda g'olib chiqqan.

Eslatib o'tamiz, “Andijon” – “Metallurg” jamoalari o'rtasidagi bahs 16 iyun kuni soat 18:00da Andijon shahridagi “Sog'lom Avlod” stadionida boshlanadi!

 

“Andijon” – “Metallurg” 2:1

08.06.1998 yil. Andijon.

“Metallurg” – “Andijon” 4:2

27.08.1998 yil. Bekobod.

 

“Metallurg” – “Andijon” 3:1

20.06.1999 yil. Bekobod.

“Andijon” – “Metallurg” 2:1

01.08.1999 yil. Andijon.

 

“Metallurg” – “Andijon” 1:1

01.06.2000 yil. Bekobod.

“Andijon” – “Metallurg” 3:0

17.08.2000 yil. Andijon.

 

“Metallurg” – “Andijon” 3:2

10.06.2001 yil. Bekobod.

“Andijon” – “Metallurg” 1:0

11.08.2001 yil. Andijon.

 

“Metallurg” – “Andijon” 3:0

11.05.2002 yil. Bekobod.

“Andijon” – “Metallurg” 2:1

14.09.2002 yil. Andijon.

 

“Andijon” – “Metallurg” 2:0

19.04.2003 yil. Andijon.

“Metallurg” – “Andijon” 3:1

05.10.2003 yil. Bekobod.

 

“Andijon” – “Metallurg” 3:0

25.04.2004 yil. Andijon.

“Metallurg” – “Andijon” 3:2

06.10.2004 yil. Bekobod.

 

“Andijon” – “Metallurg” 0:0

12.03.2006 yil. Andijon.

“Metallurg” – “Andijon” 3:0

11.11.2006 yil. Bekobod.

 

“Metallurg” – “Andijon” 1:4

14.04.2007 yil. Bekobod.

“Andijon” – “Metallurg” 2:2

11.11.2007 yil. Andijon.

 

“Andijon” – “Metallurg” 2:0

01.03.2008 yil. Andijon.

“Metallurg” – “Andijon” 1:0

23.11.2008 yil. Bekobod.

 

“Metallurg” – “Andijon” 2:2

11.04.2009 yil. Bekobod.

“Andijon” – “Metallurg” 2:2

16.10.2009 yil. Andijon.

 

“Andijon” – “Metallurg” 2:1

17.04.2010 yil. Andijon.

“Metallurg” – “Andijon” 2:1

02.10.2010 yil. Bekobod.

 

“Andijon” – “Metallurg” 0:1

16.04.2011 yil. Andijon.

“Metallurg” – “Andijon” 4:1

24.09.2011 yil. Bekobod.

 

“Metallurg” – “Andijon” 1:1

17.03.2012 yil. Bekobod.

“Andijon” – “Metallurg” 3:3

21.11.2012 yil. Andijon.

 

“Metallurg” – “Andijon” 5:1

23.05.2015 yil. Bekobod.

“Andijon” – “Metallurg” 1:0

16.10.2015 yil. Andijon.

 

“Metallurg” – “Andijon” 3:1

10.06.2016 yil. Bekobod.

“Andijon” – “Metallurg” 0:0

22.10.2016 yil. Andijon.

"Andijon" matbuot kotibi.

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
Krishtianu Ronalduni ilk maoshi 50 evro bo'lgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 33
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta